Rossiyalik olimlar tomonidan viruslarni aniqlovchi universal test yaratildi

© AP Photo / Jeff ChiuLaboratornie issledovaniya
Laboratornie issledovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi metodika ma’lumotlar bazasiga kiritilgan barcha patogenlar uchun mos keladi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Rossiyalik olimlar tomonidan bir martalik tekshiruv orqali bemorlarning aynan qaysi turdagi virus bilan kasallanganini aniqlovchi test tizimi yaratildi.
Ushbu yangi metodika ma’lumotlar bazasiga kiritilgan barcha patogenlar uchun mos keladi.
Ta’kidlanishicha, test tahlilini o‘tkazish uchun bir necha daqiqa kifoya. Bu vaqtda spektrometr zarur ma’lumotlarni to‘plab, ularni xastalik mavjud yoki yo‘qligini aniqlaydigan kompyuterga yo‘naltiradi. Shundan so‘ng maxsus dastur virus turiga aniqlik kiritadi.
Tadqiqot mualliflaridan biri Vladimir Vitkinning xulosasiga ko‘ra, yangi tizim virusning avj olishiga to‘siq bo‘la oladi. Masalan, u aholi gavjum joylarga o‘rnatilsa, odamlar test topshirib, bir necha daqiqada uning javobini olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0