Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Psixolog bolalarni telefondan uzoqlashtirish yo‘llarini aytdi

© pixabay.comrebenok igrayet planshet
rebenok igrayet planshet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Bolalar boshqa narsalardan yetarli darajada zavq olmaganligidan telefonga “yopishib oladilar”, deya fikr bildirdi psixolog Aleksandra Fokina.
Psixologning ta’kidlashicha, agar bola "jonli" muloqotdan ko‘ra multfilmlar va elektron o‘yinlarni tomosha qilishni afzal ko‘rsa, u holda ota-onalar bolani Internet olamidan uzoqlashtirish uchun bir nechta oddiy usullarni qo‘llashi kerak.
Psixolog avvalo bolalarni har safar gadjetlar bilan band bo‘lmaganida maqtashni, masalan, ularning ijodkorlik mahoratiga qoyil qolishni va yoqimli so‘zlarni ko‘proq aytishni maslahat berdi.
“Bola nima qilayotganiga baho bering: “Haqiqiy san’at studiyasini yaratibsan-ku!”, “Qoyil, butun bir soldatchalar armiyasini yig‘ibsan”, ­­­­­- deya bir nechta usullarni sanab o‘tdi psixolog.
Aleksandra Fokinaning so‘zlariga ko‘ra, bolalar elektron qurilmalarga shunchaki bog‘lanib qolmaydi. Odatda bu holat ota-onalarga qulaylik yaratayotgani sababli bo‘ladi.
“O‘ylab ko‘ring, balki bola bilan muloqot qilish uchun kuchingiz yoki kayfiyatingiz yo‘qligi sababli har safar gadjet yoki multfilm bilan uni “ovuntirib” qo‘yayotgandirsiz”, — deya ogohlantirdi ekspert. Psixolog bunday holda ota-onalarga o‘zlarining xatti-harakatlarini o‘zgartirishni, bu bolalarga ijobiy ta’sir qilishini aytdi.

“Ko‘pincha hayotdan yetarlicha taassurot olmayotgan bolalar uchun gadjetlar kerak bo‘ladi”, ­- deya ta’kidladi ekspert.

Shuning uchun ota-onalar bolaga yoqimli his-tuyg‘ularni berishni, masalan, u bilan o‘ynashni yoki dam olish uchun yangi usullarni taklif qilishni maslahat berdi psixolog.
Ekspert, shuningdek, ota-onalar uyda bo‘lmagan paytda bolalarni telefondan chalg‘itadigan noodatiy usulni ham taklif qildi. Misol uchun, bolalarga so‘rov va istaklar yozilgan eslatmalar qoldirishni tavsiya qildi. “Masalan: “Bolajonlar! Men sizdan planshetda o‘ynashdan ko‘ra ko‘proq yoqadigan beshta mashg‘ulotni o‘ylab topishingizni va chizishingizni so‘rayman. Sizlarni yaxshi ko‘raman”, - deya misol keltirdi Fokina.
Yangiliklar lentasi
0