O‘zbekiston Eronning ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi

© SputnikSamarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022
Samarkand, ukrashenniy flagami i simvolikoy sammita ShOS-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ShHT a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni tegishli qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Samarqand shahrida imzolangan ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlangan.
Tashqi ishlar vazirligi mazkur memorandumning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida ShHT kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 15-sentabr kuni Samarqand shahrida Eron tomoni ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun o‘z majburiyatlari bo‘yicha memorandum imzoladi. Milliy parlament 27-noyabrda Eronni tashkilotga a’zo bo‘lishi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Majburiyat memorandumi to‘g‘risidagi qonun loyihasi 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan. ShHT tartiblariga muvofiq, memorandum tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0