Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi

© DaryoUmer jurnalist Akmal Toshev.
Umer jurnalist Akmal Toshev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Akmal Toshev 1985-yil 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Taniqli jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Fozil Farhod ma’lum qildi.

“Qatorimiz kam bo‘ldi, do‘stlar. Shoir jo‘ramiz Akmal Tosh omonatini topshirdi”, - deb yozdi Fozil Farhod Telegram kanalida.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shoir vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshevning o‘limi "Yurak tamponadasi, o‘pka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tug‘ma nuqsoni, yurak bo‘lmachalari defekti"dan kelib chiqqan.
Tekshirish davom etmoqda.
Akmal Toshev 1985-yil 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida bakalavr (2004-2008) va magistratura bosqichini (2011-2013) tamomlagan.
U “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida ishlab kelayotgandi.
Akmal Toshev badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Qator markaziy gazeta va jurnallarda she’rlari chop etilgan. “Mohiyat lahzalari” (2008), “Farishtali kunlar” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Qashqadaryo bayozi” (2007), “Yoshlar kitobi” (2008) hamda “Oltin ko‘prik” (2010) almanaxlariga she’rlari kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0