https://oz.sputniknews.uz/20230309/hashar-32754311.html
Umumxalq xayriya hashari: 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi
Umumxalq xayriya hashari: 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 11-mart kuni 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilgan.
2023-03-09T17:33+0500
2023-03-09T17:33+0500
2023-03-09T17:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hashar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1211/36/12113657_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ba470a481f2c5db55f061ecb8de0cf53.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 11-mart kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Mahalla" xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Hasan Salomov ma’lum qildi.Qayd etilishicha, shanba kuni 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilgan. 11 ming tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi.Qabriston va ziyoratgohlar obodonlashtiriladiRamazon oyi arafasida qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu yilgi hashar doirasida ham 8 ming 500 dan ziyod qabristonlar 400 ga ziyoratgohlar obodonlashtiriladi.Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladiHashar doirasida 1 million tupga yaqin manzarali, 500 ming tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Aholiga homiylik mablag‘lari hisobidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, hashar doirasida 2 million tupdan ziyod gul ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilmoqda.Hashar doirasida yana bir qator xayriya tadbirlari tashkil etiladi:Qayd etilishicha, avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlarlarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar o‘tkazish ta’qiqlanadi. Ish beruvchilarning xodimlarni hasharga majburiy jalb etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1211/36/12113657_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a66a82f560dda7a017081c3fcc3ef5d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston umumxalq xayriya hashari
o‘zbekiston umumxalq xayriya hashari
Umumxalq xayriya hashari: 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi
O‘zbekistonda 11-mart kuni 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 11-mart kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Mahalla" xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Hasan Salomov
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, shanba kuni 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilgan. 11 ming tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi.
Qabriston va ziyoratgohlar obodonlashtiriladi
Ramazon oyi arafasida qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu yilgi hashar doirasida ham 8 ming 500 dan ziyod qabristonlar 400 ga ziyoratgohlar obodonlashtiriladi.
Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi
Hashar doirasida 1 million tupga yaqin manzarali, 500 ming tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Aholiga homiylik mablag‘lari hisobidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, hashar doirasida 2 million tupdan ziyod gul ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish uchun 1 milliard 300 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanadi.
Hashar doirasida yana bir qator xayriya tadbirlari tashkil etiladi:
2 mingdan ziyod imkoniyati cheklangan shaxslar hamda yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olinadi;
7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Buning uchun jami 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlarlarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar o‘tkazish ta’qiqlanadi. Ish beruvchilarning xodimlarni hasharga majburiy jalb etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.