https://oz.sputniknews.uz/20230309/aqilbek-japarov-32746851.html
Aqilbek Japarov UzAuto Motors zavodini ko‘zdan kechirdi – foto
Aqilbek Japarov UzAuto Motors zavodini ko‘zdan kechirdi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Oqilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi.
2023-03-09T13:31+0500
2023-03-09T13:31+0500
2023-03-09T13:42+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
akilbek japarov
uzauto motors
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/09/32741359_0:15:1279:734_1920x0_80_0_0_809703274572b92ba6a1059ad9873bad.jpg
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Asaka shahridagi (Andijon viloyati) UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda Japarov Asakadagi avtomobil zavodi investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etishning yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.Qirg‘iziston bosh vaziri Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qator to‘qimachilik korxonalarida ham bo‘ldi.Qirg‘iziston va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlikni rejalashtirmoqda. 2023-yil boshida ikki davlat o‘rtasida Jalolobod viloyatida to‘qimachilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.Buning uchun O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Nookat tumanida joylashgan to‘qimachilik korxonasi qurilishi uchun 16 million dollar ajratiladi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/09/32741359_0:0:1135:851_1920x0_80_0_0_2326934c1202c6f1c09e3c4955469f54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qirg‘iziston oqilbek japarov
o‘zbekiston qirg‘iziston oqilbek japarov
Aqilbek Japarov UzAuto Motors zavodini ko‘zdan kechirdi – foto
13:31 09.03.2023 (yangilandi: 13:42 09.03.2023) Oqilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Asaka shahridagi (Andijon viloyati) UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda Japarov Asakadagi avtomobil zavodi investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etishning yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.
“Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish doirasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish zarur. Bu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Endi amaldagi kelishuvlar yaqin kelajakda amaliyotga tatbiq etilishi uchun UzAuto Motors zavodi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik sur’atini oshirish kifoya”, - dedi Japarov.
Qirg‘iziston bosh vaziri Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qator to‘qimachilik korxonalarida ham bo‘ldi.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlikni rejalashtirmoqda. 2023-yil boshida ikki davlat o‘rtasida Jalolobod viloyatida to‘qimachilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Buning uchun O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Nookat tumanida joylashgan to‘qimachilik korxonasi qurilishi uchun 16 million dollar ajratiladi.