Toshkent - Moskva parvozi nima sababdan Vnukovo aeroportiga qo‘ngani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / StringerDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2023
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways parvoz yo‘lovchilar kutishga majbur bo‘lgani uchun mijozlardan uzr so‘radi.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Toshkentdan Moskvaga 7-mart kuni amalga oshirilgan HY-601 sonli parvoz nima sababdan Moskvaning Domodedovo aeroporti o‘rniga Vnukovo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgani yuzasidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tushuntirish berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviaqatnovi havo kemasi Domodedovo aeroportining ob-havo sharoiti (uchish-qo‘nish yo‘lagining holati xavfsiz qo‘nishni amalga oshirish uchun zarur talablarga javob bermaganligi) sababli Vnukovo xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
HY-601 aviaqatnovi havo kemasi sardori yo‘lovchilarga yo‘nalish Vnukovo muqobil aeroportiga o‘zgargani haqida ma’lumot berdi. Ob-havo yaxshilangani va havo kemasi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchib ketishga tayyor bo‘lganidan so‘ng, ekipaj parvozga tayyorligini e’lon qildi. Afsuski, havo kemasi bortida ayol o‘zini yomon his qilayotgani ma’lum bo‘ldi, ekipaj shifokorlarni chaqirishga majbur bo‘ldi, bu esa uchib ketish vaqtining kechikishiga ta’sir qildi. Shu paytda Domodedovo xalqaro aeroportidagi ob-havo yana keskin yomonlashdi va bu keyingi kechikishga olib keldi.
Keyinchalik havo kemasidagi barcha 210 yo‘lovchini Vnukovo xalqaro aeroportiga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
"Uzbekistan Airways AJ axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz", - deyiladi kompaniya xabarida.
Yangiliklar lentasi
0