https://oz.sputniknews.uz/20230308/shveytsariya-banklari-xitoylik-mijozlar-ketib-qolganidan-shikoyat-qilmoqda-32737674.html
Shveysariya banklari xitoylik mijozlar ketib qolganidan shikoyat qilmoqda
Shveysariya banklari xitoylik mijozlar ketib qolganidan shikoyat qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilganidan so‘ng, osiyolik boy mijozlar u yerda mablag‘ saqlashdan voz kechmoqda. 08.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-08T21:14+0500
2023-03-08T21:14+0500
2023-04-05T18:44+0500
dunyoda
shveysariya
bank
sanksiyalar ro‘yxati
sanksiyalar
iqtisodiy urush
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26918663_0:226:3077:1957_1920x0_80_0_0_38b2c77696e7b3f264f228121af90679.jpg
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Shveysariya banklari xitoylik mijozlar ketishib qolishidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Financial Times nashri. RIA Novosti xabariga asosan. Shveysariyaning yirik banklari rahbarlarining aytishicha, ularning boy xitoylik mijozlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli o‘z mablag‘larini ushbu mamlakatda saqlashdan ancha xavotirga tushgan, deb yozadi nashr.Banklardan birining direktorlar kengashi a’zosiga ko‘ra, uzoq yillar davomida o‘zini betaraf deb kelgan mamlakat, qisqa vaqt ichida ushbu maqomidan voz kechib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish qarori ko‘pchilikni hayratga solgan. Qayd etilishicha, gazeta mamlakatdagi o‘nta yirik moliya instituti qatoriga kiruvchi oltita Shveysariya banki rahbarlari bilan xususiy mijozlar bilan ishlash haqida gaplashgan va ularning barchasida vaziyat bir xil ekaniga amin bo‘lgan. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi sanksiyalar bank biznesining daromadli rivojlanishi sekinlashishi mumkin bo‘lgan ta’sirdan qo‘rqishlarini ta’kidladilar.Tahlilchilar, aytishiga ko‘ra, osiyolik mijozlar mamlakat YaIMining 10%ini tashkil etuvchi Shveysariya bank sektori daromadiga katta hissa qo‘shayotganiga ham e’tibor qaratishmoqda.Ma’lumot uchun, Shveysariya hukumati 2022-yil 24-fevraldan so‘ng YeI tomonidan Rossaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning deyarli barchasiga qo‘shilgan. Bern sanksiyalar doirasida Rossiyaning 8,1 milliard dollarlik aktivlarini blokladi. Shveysariyaning Credit Suisse banki Shveysariyada ro‘yxatga olingan Rossiya aktivlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini – 17,6 milliard frankni (19 milliard dollardan ortiq) muzlatib qo‘ygan.
shveysariya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26918663_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_129fbec10435a995c7ca53bbc5de50d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, shveysariya, bank, sanksiyalar ro‘yxati, sanksiyalar, iqtisodiy urush, rossiya
dunyoda, shveysariya, bank, sanksiyalar ro‘yxati, sanksiyalar, iqtisodiy urush, rossiya
Shveysariya banklari xitoylik mijozlar ketib qolganidan shikoyat qilmoqda
21:14 08.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilganidan so‘ng, osiyolik boy mijozlar u yerda mablag‘ saqlashdan voz kechmoqda.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Shveysariya banklari xitoylik mijozlar ketishib qolishidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Financial Times nashri. RIA Novosti
xabariga asosan.
Shveysariyaning yirik banklari rahbarlarining aytishicha, ularning boy xitoylik mijozlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli o‘z mablag‘larini ushbu mamlakatda saqlashdan ancha xavotirga tushgan, deb yozadi nashr.
Banklardan birining direktorlar kengashi a’zosiga ko‘ra, uzoq yillar davomida o‘zini betaraf deb kelgan mamlakat, qisqa vaqt ichida ushbu maqomidan voz kechib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish qarori ko‘pchilikni hayratga solgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, statistik ma’lumotlarga qaraganda, avvallari mamlakatda hisob raqamlarini ochmoqchi bo‘lgan yuzlab mijozlar, so‘nggi vaqtda ushbu qarordan voz kechgan va endi o‘z mablag‘larini Shveysariyada saqlashni istamaydi.
Qayd etilishicha, gazeta mamlakatdagi o‘nta yirik moliya instituti qatoriga kiruvchi oltita Shveysariya banki rahbarlari bilan xususiy mijozlar bilan ishlash haqida gaplashgan va ularning barchasida vaziyat bir xil ekaniga amin bo‘lgan.
Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi sanksiyalar bank biznesining daromadli rivojlanishi sekinlashishi mumkin bo‘lgan ta’sirdan qo‘rqishlarini ta’kidladilar.
Tahlilchilar, aytishiga ko‘ra, osiyolik mijozlar mamlakat YaIMining 10%ini tashkil etuvchi Shveysariya bank sektori daromadiga katta hissa qo‘shayotganiga ham e’tibor qaratishmoqda.
Shveysariya banki rahbarlaridan biri aytishiga ko‘ra, uning mamlakati Rossiyaga qarshi sanksiyalarga juda tez qo‘shilgan va zudlik bilan mijozlarga qarshi pozitsiyaga o‘tib olishgan. "Aslida esa Shveysariya qaysi ishga aralashish va aralashmaslikni sinchiklab o‘ylab ko‘rishi kerak edi", - dedi boshqaruvchi.
Ma’lumot uchun, Shveysariya hukumati 2022-yil 24-fevraldan so‘ng YeI tomonidan Rossaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning deyarli barchasiga qo‘shilgan. Bern sanksiyalar doirasida Rossiyaning 8,1 milliard dollarlik aktivlarini blokladi. Shveysariyaning Credit Suisse banki Shveysariyada ro‘yxatga olingan Rossiya aktivlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini – 17,6 milliard frankni (19 milliard dollardan ortiq) muzlatib qo‘ygan.