https://oz.sputniknews.uz/20230308/qirgiziston-bosh-vaziri-amaliy-tashrif-bilan-ozbekistonga-keldi-32734167.html
Qirg‘iziston bosh vaziri amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Qirg‘iziston bosh vaziri amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni respublika bosh vaziri UzAuto Motors korxonasiga tashrif buyurib, korxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi. 08.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-08T17:40+0500
2023-03-08T17:40+0500
2023-03-09T12:14+0500
siyosat
qirg‘iziston
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
qirg‘iziston hukumati
akilbek japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/08/32732934_0:0:1600:901_1920x0_80_0_0_1abbd99eecf8636430745ff14409789d.jpg
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri (Vazirlar mahkamasi raisi – Prezidenti administratsiyasi rahbari) Akilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.Tashrif Andijon viloyatidan boshlandi. U yerda qo‘shni respublika bosh vaziri UzAuto Motors korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.Akilbek Japarov aytishiga ko‘ra, ushbu korxona sarmoyalar jalb etish va samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning yaqqol misoli deb atadi va korxona bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik sur’atini oshirish kerakligini ta’kidladi.Ma’lumot uchun: Asaka shahridagi zavod qurilishi 1994-yil iyun oyida boshlangan. 1996-yil mart oyida korxonada "Damas" avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.Ayni paytda korxona konveyerdan “Spark”, “Nexia”, “Cobalt”, “Lacetti-Gentra”, “Damas”, “Labo”, “Malibu”, “Tracker”, “Equinox”, “Trailblazer”, “Traverse”, “Tahoe” kabi avtomobillar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarilmoqda. Korxona o‘tgan yilda 327 ming dona avtomobil ishlab chiqargan va joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 400 mingga yetkazishni rejalashtirilgan.Tashrif davomida Qirg‘iziston bosh vaziri, O‘zbekiston oliy rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishni hamda Jizzax viloyatining Manas qishlog‘ida ixcham istiqomat qiluvchi etnik qirg‘izlar bilan ham uchrashishni rejalashtirilgan.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/08/32732934_81:0:1501:1065_1920x0_80_0_0_4133991b63897b1e78c243c1663dfa37.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, qirg‘iziston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, qirg‘iziston hukumati, akilbek japarov
siyosat, qirg‘iziston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, qirg‘iziston hukumati, akilbek japarov
Qirg‘iziston bosh vaziri amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
17:40 08.03.2023 (yangilandi: 12:14 09.03.2023) Qo‘shni respublika bosh vaziri UzAuto Motors korxonasiga tashrif buyurib, korxona bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri (Vazirlar mahkamasi raisi – Prezidenti administratsiyasi rahbari) Akilbek Japarov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.
Tashrif Andijon viloyatidan boshlandi. U yerda qo‘shni respublika bosh vaziri UzAuto Motors korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Akilbek Japarov aytishiga ko‘ra, ushbu korxona sarmoyalar jalb etish va samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning yaqqol misoli deb atadi va korxona bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik sur’atini oshirish kerakligini ta’kidladi.
“Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish doirasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish zarur. Bu borada dastlabki qadamlar qo‘yildi. Endi amaldagi kelishuvlar yaqin kelajakda hayotga tatbiq etilishi uchun UzAuto Motors zavodi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik sur’atini oshirish zarur”, — dedi u.
Ma’lumot uchun: Asaka shahridagi zavod qurilishi 1994-yil iyun oyida boshlangan. 1996-yil mart oyida korxonada "Damas" avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
Ayni paytda korxona konveyerdan “Spark”, “Nexia”, “Cobalt”, “Lacetti-Gentra”, “Damas”, “Labo”, “Malibu”, “Tracker”, “Equinox”, “Trailblazer”, “Traverse”, “Tahoe” kabi avtomobillar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarilmoqda. Korxona o‘tgan yilda 327 ming dona avtomobil ishlab chiqargan va joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 400 mingga yetkazishni rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Qirg‘iziston bosh vaziri, O‘zbekiston oliy rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishni hamda Jizzax viloyatining Manas qishlog‘ida ixcham istiqomat qiluvchi etnik qirg‘izlar bilan ham uchrashishni rejalashtirilgan.