Ayollar koloniyasida konsert tashkil etildi - video

© MVD UzbekistanaKonsert v jenskoy kolonii. Arxivnoe foto
Konsert v jenskoy kolonii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi 21-sonli ayollar koloniyasida 8-mart bayrami munosabati bilan "O‘zbekkonsert" bilan hamkorlikda konsert tashkil etildi.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar koloniyasida bayram tashkil etildi, deb xabar qmlmoqda MY5 telekanali.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 21 son ayollar koloniyasida jazo o‘tayotgan opa-singillar uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbek konsert" Davlat korxonasi Zangiota tumani bo‘limi bilan hamkorlikda bayram shodiyonasi tashkil etildi. Unda mahkuma ayollar o‘zlari oldindan tayyorlagan sahna ko‘rinishlari-yu raqslari bilan ishtirok etgan bo‘lsa, taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga birday a’lo kayfiyat ulashdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayollar koloniyasi va Hunarmand uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, uyushma mutaxassislari ushbu koloniyaga tashrif buyurib, mahkumalarga turli-tuman hunarlarni o‘rgatishmoqda. Koloniyada tikuvchilik sexi tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0