Yanvar oyida rekord darajada elektromobil import qilindi

© Depositphotos / MiflippoElektromobil na podzaradke
Elektromobil na podzaradke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga elektromobil asosan Xitoydan olib kelinmoqda.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar oyida 389 dona elektromobil import qilgan. Ularning qiymati 13 million dollarga teng bo‘lgan. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan”, - deyiladi xabarda.
Yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar: Xitoy – 346 ta, Gonkong – 29 ta, Germaniya – 8 ta, BAA – 3 ta.
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni topshirdi
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qator yengilliklar berilishi xabar qilingan edi. Xususan, O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat qoplab berishi ko‘zda tutilmoqda. 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.
Yangiliklar lentasi
0