Toshkentda isitish mavsumining tugash sanasi e’lon qilindi

© Sputnik / Mariya DevaxinaRuki nad batareyey
Ruki nad batareyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
Isitish davri mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda yakunlanmoqda.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahrida 10-martdan 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davrdan keyin boshlanadi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanadi.
Shundan kelib chiqib, isitish davri mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda yakunlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-martda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Havo harorati +25...+28 daraja iliqgacha, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0