Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Uzun va chiroyli. Uy sharoitida qanday qilib sochni tez o‘stirish mumkin?

© Sputnik / Maksim BogodvidVolosi
Volosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis sochlarni uy sharoitida to‘g‘ri parvarishlash va o‘stirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Sochlar oyiga taxminan 1-1,5 santimetr tezlikda o‘sadi. Sochlarni, hatto vaqtinchalik bo‘lsa ham, sun’iy yo‘l bilan o‘stirish, ya’ni ulash, yaxshi fikr emas. Sababi undan keyin sochlar avvalgidan ham yomonroq o‘sadi. "Men tanlov qilishni taklif qilaman: tez va sun’iy yo‘l bilan soch o‘stirish yoki sekin va tabiiy", - deydi trixolog Angelina Arakelyan. "Chunki bu ikki istakni bir vaqtning o‘zida amalga oshirib bo‘lmaydi".

"Gap shundaki, soch follikulasi (ildizi) faqat o‘z tabiiy sochining og‘irligini ushlab turishi mumkin. Agar unga qo‘shimcha suniy soch majburan ulansa, og‘irlik sezilarli darajada oshadi, follikula va uni oziqlantiradigan qon tomirlari zararlanadi. Natijada sochlarning oziqlanishi yomonlashadi, ingichkalashadi, sinishni boshlaydi va to‘kiladi", - deydi mutaxassis.

Arakelyanning fikricha, sochning sifati ham, uzunligi ham ko‘p jihatdan genetikaga bog‘liq.
"Shuning uchun, dastlab uzun sochlar sohibasi bo‘lish imkoni hammada ham mavjud emas", – deydi u.
Uy sharoitida sochlarini sekin va tabiiy ravishda o‘stirishni afzal ko‘rganlar uchun mutaxassis quyidagi muhim omillarga e’tibor berishni tavsiya qiladi:
Turmush tarzi. Tartibli ovqatlanish, sifatli uyqu, kam asabiylashish soch o‘sishini tezlashtiradi.
Fasl. Bahor va yozda sochlar tezroq o‘sadi.
Yosh. 40 yoshlarda, metabolik jarayonlar sekinlashadi va shuning uchun soch o‘sish jarayoni ham sekinlashadi.
Oziqlanish. Organizmga soch "qurilishida" muhim rol o‘ynaydigan yetarli miqdorda vitamin va minerallarni yetkazilishi kerak.
Sochini uzunlashtirish istagi borlar har qanday zarar yetkazuvchi ta’sirlardan - bo‘yash, kimoviy jingalak qilish, tekislashdan qochishlari kerak. Bularning barchasi sochlarni kuchsizlantiradi, ularni quruq va jonsiz qiladi.
Bosh terisi holatiga va soch tanasining sifatiga ta’sir qiluvchi uy sharoitida to‘g‘ri parvarish katta ahamiyatga ega. Kosmetolog va diyetolog Kristina Mishina parvarishni qanday amalga oshirish kerak ekanligini tushuntirib beradigan qator maslahatlar berib o‘tdi.
1. Sochlarni to‘g‘ri yuvish
Sochlarni har ikki yoki uch kunda bir marta yuvishga harakat qilish kerak, lekin undan qisqa muddatda emas. Soch juda tez kirlanadigan bo‘lsa ham, kamida kun ora yuvish ma’qul. Sochlarni faqat iliq suv bilan yuvish kerak va hech qanday holatda issiq suv bilan emas. Yuvishdan keyin boshingizni sovuqroq suv bilan chaying.

2. Sochlarni niqoblar yordamida parvarish qilish

Soch niqoblaridan doimiy ravishda, haftasiga kamida bir marta foydalanish kerak. Qoida tariqasida niqobni soch ildizlariga qo‘llamaganlik ma’qul. Asosiy e’tibor soch uchlariga qaratilishi kerak va keyin niqobni butun uzunlik bo‘ylab taqsimlash kerak. Niqobning tarkibi asosan tabiiy ingrediyentlarni o‘z ichiga olganligi ma’qul.
Uyda tayyorlangan niqoblar ham soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradi.
Masalan:
• 2 osh qoshiq quruq xantal kukuni;
• 1 ta tuxum sarig‘i;
• 2 osh qoshiq zaytun yog‘i;
• 2 osh qoshiq issiq suv.
Ingrediyentlarni bir butun massaga aylanmaguncha aralashtirilish kerak. Tayyor bo‘lgan niqobni ildizlarga surtib,15 daqiqadan bir soatgacha (xohishga ko‘ra) ushlab turish kerak.
3. Haddan tashqari issiqlikdan himoya qilish
Soch quritgich yoki soch dazmolini ishlatishdan oldin termal himoya vositalarini qo‘llash kerak.
Bu texnikalardan umuman voz kechin undan ham yaxshiroq qaror bo‘ladi.
4. Nam sochlar bilan uxlamaslik
Nam sochlar quruq sochlarga qaraganda ancha nozik bo‘ladi va yostiq bilan ishqalanish natijasida sochlarning uchlari shikastlanadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, nam sochlarga sochiqni o‘rab qo‘yish kerak emas.
5. Tarashda ehtiyot bo‘lish
Nam sochlarni umuman tarash kerak emas – faqat quritgandan keyin. Sochni qo‘shimcha ravishda namlovchi va silliqlashtiruvchi mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Sochni tortib yulib olmaslik yoki shikastlamaslik uchun tarashni soch uchidan boshlash kerak, keyin asta-sekin balandroqqa ko‘tarilish kerak.
6. Sochlarni ichidan oziqlantirish
Soch o‘stirishda ovqatlanish tartibi ham muhim. Avvalo, oqsil va omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalarga boy ovqatlar iste’mol qilish kerak, masalan, losos, sazan va skumbriya kabi yog‘li baliqlar.
Jigar, karam, qovoq kabi temir moddani o‘z ichiga olgan ovqatlar ham soch o‘sishiga juda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
7. Soch uchlarini kestirib turish esdan chiqmasin!
Aksariyat ayollar soch o‘stirish uchun ularni butunlay kesmaslik kerak, deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri – hatto eng ehtiyotkorlik bilan parvarish qilingan holda, sochlarning uchlari yomonlashadi, sinadi va natijada soch sifati pasayadi. Shuning uchun kamida ikki yoki uch oyda bir marta sartaroshga borib, uchlarini kestirish kerak.
Yangiliklar lentasi
0