Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi
12:00 07.03.2023 (yangilandi: 14:54 07.03.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.
Obuna bo‘lish
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga 28 nafar xotin-qiz loyiq ko‘rildi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qator xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi.
Dalvat rahbari qarori bilan bu yil Zulfiya mukofotiga 28 nafar xotin-qiz loyiq ko‘rilgan.
Mukofot sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Ularga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.
Mazkur mukofot xotin-qizlarning a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun berildi.
Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.