https://oz.sputniknews.uz/20230307/qirgiziston-piyoz-eksporti-taqiqini-bekor-qildi-32700198.html
Qirg‘iziston piyoz eksporti taqiqini bekor qildi
Qirg‘iziston piyoz eksporti taqiqini bekor qildi
Sputnik O‘zbekiston
Taqiq aprel oyining oxirigacha amal qilishi kerak edi, biroq mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklifi bilan chiqqan.
2023-03-07T10:28+0500
2023-03-07T10:28+0500
2023-03-07T13:36+0500
dunyoda
qirg‘iziston
o‘zbekiston
piyoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Qirg‘iziston piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.Taqiq aprel oyining oxirigacha amal qilishi kerak edi, ammo Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklif qilgan.Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qirg‘izistonning piyozga oylik ichki talabi 6 ming tonnani tashkil etishi, fermerlarning 50 ming dona zaxirasi borligini qayd etgan.Qonunchilikka ko‘ra, agar zaxiralar uch oylik ehtiyojni qoplasa, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlangan hisoblanadi. Qolaversa, aprel oyida yangi hosil yig‘im-terim boshlanadi, bu esa piyozning haddan ziyod ko‘payishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida fermerlar zarar ko‘radi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Pokistonda piyoz hosili yetishmovchiligi bo‘lgani uchun uning boshqa davlatlardan importi oshirilgan edi. Natijada narxlarni ushlab turish va tanqislikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu mahsulotni eksport qilishni taqiqladi.O‘zbekistonda qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyozni 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish rejalashtirilmoqda.Mamlakatda piyozning ulgurji narxi 1-yanvar kuniga nisbatan 2 900 so‘mga, maxsus rastalarda 2000 so‘mga, savdo markazlarida 3 550 so‘mga oshgan. Narxlarning oshishiga dehqonlar ixtiyoridagi piyozning ustki qismi muzlaganligi hamda ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganligi tufayli logistika narxlarining oshishi ta’sir etgan.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston piyoz eksporti taqiq
qirg‘iziston piyoz eksporti taqiq
Qirg‘iziston piyoz eksporti taqiqini bekor qildi
10:28 07.03.2023 (yangilandi: 13:36 07.03.2023) Taqiq aprel oyining oxirigacha amal qilishi kerak edi, biroq mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklifi bilan chiqqan.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Qirg‘iziston piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar berdi
Sputnik Qirg‘iziston. Taqiq aprel oyining oxirigacha amal qilishi kerak edi, ammo Qishloq xo‘jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklif qilgan.
Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qirg‘izistonning piyozga oylik ichki talabi 6 ming tonnani tashkil etishi, fermerlarning 50 ming dona zaxirasi borligini qayd etgan.
Qonunchilikka ko‘ra, agar zaxiralar uch oylik ehtiyojni qoplasa, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlangan hisoblanadi. Qolaversa, aprel oyida yangi hosil yig‘im-terim boshlanadi, bu esa piyozning haddan ziyod ko‘payishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida fermerlar zarar ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Pokistonda piyoz hosili yetishmovchiligi bo‘lgani uchun uning boshqa davlatlardan importi oshirilgan edi. Natijada narxlarni ushlab turish va tanqislikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu mahsulotni eksport qilishni taqiqladi.
O‘zbekistonda qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyozni 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatda piyozning ulgurji narxi 1-yanvar kuniga nisbatan 2 900 so‘mga, maxsus rastalarda 2000 so‘mga, savdo markazlarida 3 550 so‘mga oshgan. Narxlarning oshishiga dehqonlar ixtiyoridagi piyozning ustki qismi muzlaganligi hamda ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganligi tufayli logistika narxlarining oshishi
ta’sir etgan.