Oilada bir qiz oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi – Mirziyoyev
15:50 07.03.2023 (yangilandi: 15:58 07.03.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayram tadbirida ishtirok etdi va O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.
"Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz", - dedi davlat rahbari.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakatda fidokorona mehnat qilayotgan ayollarning ulushi tibbiyotda – 77 foizni, ta’lim sohasida – 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni tashkil etmoqda.
Agar 2017-yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan – 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan – 37 foizga yetdi. Ayollardan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a’zolari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.
Prezident o‘tgan yili 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta’minlangani, 233 mingdan ko‘proq ayollarga 4 trillion 700 milliard so‘m kredit ajratilganini qayd etdi. 252 mingdan ortiq xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi.
O‘tgan yili 14 mingga yaqin xotin-qizlarning uy-joy sharoiti yaxshilandi, qariyb 7 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari qoplab berildi.
So‘nggi yillarda “Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatda salkam 642 ming nafar kishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
"Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik", - dedi Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bundan 6-yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu borada qizlarning ulushi 50 foizga yetgani mamlakat tarixida misli ko‘rilmagan natijadir.
Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil jenshin Uzbekistana s 8-marta v Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente.