https://oz.sputniknews.uz/20230307/eron-tiv-rahbari-tehronning-shhtga-azo-bolish-qatiyatini-tasdiqladi-32704465.html
Tehron ShHTga a’zo bo‘lish qarori qat’iy ekanini tasdiqladi
Tehron ShHTga a’zo bo‘lish qarori qat’iy ekanini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
ShHT Bosh kotibi Eron tashkilotda muhim rol o‘ynashi va boshqa a’zolar bilan munosabatlarni rivojlantirishi mumkinligini ta’kidladi.
2023-03-07T13:40+0500
2023-03-07T13:40+0500
2023-03-07T14:23+0500
dunyoda
samarqanddagi shht sammiti - 2022
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28231660_75:0:1206:636_1920x0_80_0_0_62521da54f48edeab0026fdcbb7718cf.jpg
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda Tehronning ShHTga a’zo bo‘lish va tashkilot faoliyatida faol ishtirok etish qat’iyatini tasdiqladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, TIV rahbari tashkilot rahbariyatiga Eronning kirish jarayoniga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.ShHT Bosh kotibi, o‘z navbatida, Eron tashkilotda muhim rol o‘ynashi va boshqa a’zolar bilan munosabatlarni rivojlantirishi mumkinligini ta’kidladi.2022 yil 15-sentabrda Eron tomoni Samarqandda ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi, 27-noyabrda esa milliy parlament Eronning tashkilotga kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum qonun loyihasi 2023-yil 25-yanvarda qabul qilindi.ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirok etadi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28231660_216:0:1064:636_1920x0_80_0_0_dc5134784100e29db9dd78629f18ba3d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron shht
Tehron ShHTga a’zo bo‘lish qarori qat’iy ekanini tasdiqladi
13:40 07.03.2023 (yangilandi: 14:23 07.03.2023) ShHT Bosh kotibi Eron tashkilotda muhim rol o‘ynashi va boshqa a’zolar bilan munosabatlarni rivojlantirishi mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda Tehronning ShHTga a’zo bo‘lish va tashkilot faoliyatida faol ishtirok etish qat’iyatini tasdiqladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotida
ma’lum qilindi. “Husayn Amir Abdullohiyon ShHT bosh kotibi Chjan Min va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya bilan uchrashuvda Eron Islom Respublikasining ShHTda ishtirok etish va faol roli masalasidagi qat’iyati va jiddiyligini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, TIV rahbari tashkilot rahbariyatiga Eronning kirish jarayoniga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.
ShHT Bosh kotibi, o‘z navbatida, Eron tashkilotda muhim rol o‘ynashi va boshqa a’zolar bilan munosabatlarni rivojlantirishi mumkinligini ta’kidladi.
2022 yil 15-sentabrda Eron tomoni
Samarqandda ShHTga a’zo bo‘lish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni
imzoladi, 27-noyabrda esa milliy parlament Eronning tashkilotga kirishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini
qabul qildi. Majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum qonun loyihasi 2023-yil 25-yanvarda qabul qilindi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirok etadi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka. Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.