https://oz.sputniknews.uz/20230307/belarusda-rossiya-razvedka-samolyotiga-hujum-qilmoqchi-bolgan-diversant-qolga-olindi-32712166.html
Belarusda Rossiya razvedka samolyotiga hujum qilmoqchi bo‘lgan diversant qo‘lga olindi
Belarusda Rossiya razvedka samolyotiga hujum qilmoqchi bo‘lgan diversant qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Belarusda Rossiya havo qo‘mondonlik punkti sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan A-50 razvedka samolyotiga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchi qo‘lga olindi. 07.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-07T16:10+0500
2023-03-07T16:10+0500
2023-04-05T18:44+0500
dunyoda
belarus
samolyot
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/397/75/3977558_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_3b9967a840da4c205ba3bbeb14c91c1d.jpg
TOShKENT, 7 mar ― Sputnik. Belarusdagi Machulishchi aerodromida Rossiyaning A-50 razvedka samolyotiga qarshi diversiya qilishga uringan Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangan Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda jurnalistlarga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.Belarus prezidentining ta’kidlashicha, operatsiyani tayyorlashda “eng yuqori texnologiyalar” qo‘llangan."Belarusdagi operatsiyani amalga oshirishda ko‘rganimiz haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan narsa edi. Eng yuqori texnologiyalar jalb qilingan. U bularning barchasini amalga oshirish uchun uzoq vaqt davomida o‘qitilgan. Tayyorgarlikdan so‘ng u bizning hududimizga yo‘naltirilgan", - deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.Ma’lum bo‘lishicha, diversant o‘zining bir necha sheriklari bilan hibsga olingan.Ma’lumot uchun, Rossiyaning A-50 erta ogohlantirish samolyoti Belarusga Ittifoq qo‘shinlarining mintaqaviy guruhini muvofiqlashtirish doirasida keldi, joriy yilning 16-yanvaridan 1-fevraliga qadar bo‘lib o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlarga jalb qilindi.Internetda dron aerodrom uzra uchayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Bir necha kun oldin Belarus muxolifati ushbu samolyotga uyushtirilgan hujum haqida ma’lumot bergan edi, biroq keyinchalik markaziy televidenie samolyotga jiddiy zarar yetmagani e’lon qilindi va uning parvozi videosini namoyish qildi.Eslatib o‘tamiz, A-50 SSSR va Rossiya havo kuchlarining radiolokatsion erta ogohlantirish va boshqaruv samolyoti hisoblanadi. U Il-76 harbiy transport samolyoti asosida yaratilgan bo‘lib, unda uzoq masofadan turib aniqlovchi "Shmel" radiotexnika majmuasi hamda boshqa uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, samolyot yer usti va havodagi nishonlarini aniqlash va kuzatish, qiruvchi va zarba beruvchi samolyotlarni yo‘naltirish, va avtomatlashtirilgan havo qo‘mondonlik punkti sifatida xizmat qiladi.
belarus
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/397/75/3977558_193:0:1318:844_1920x0_80_0_0_b3fba3678d8995aeda155b642ce83d01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, belarus, samolyot, ukraina, rossiya
dunyoda, belarus, samolyot, ukraina, rossiya
Belarusda Rossiya razvedka samolyotiga hujum qilmoqchi bo‘lgan diversant qo‘lga olindi
16:10 07.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Belarusda Rossiya havo qo‘mondonlik punkti sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan A-50 razvedka samolyotiga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchi qo‘lga olindi.
TOShKENT, 7 mar ― Sputnik. Belarusdagi Machulishchi aerodromida Rossiyaning A-50 razvedka samolyotiga qarshi diversiya qilishga uringan Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangan Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda jurnalistlarga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
ma’lum qildi. "Terrorchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. U Rossiya va Ukraina pasportiga ega, asli Krivoy Rogda tug‘ilgan, Qrimda yashagan. Ba’zi qarindoshlari Avstriyada, ba’zilari Kiyevda qolishgan. IT-texnologiyalarni yaxshi biladi, u terrorchilik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rayotganda qo‘lga olindi”, - deya uning so‘zlarini keltiradi "BelTA".
Belarus prezidentining ta’kidlashicha, operatsiyani tayyorlashda “eng yuqori texnologiyalar” qo‘llangan.
"Belarusdagi operatsiyani amalga oshirishda ko‘rganimiz haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan narsa edi. Eng yuqori texnologiyalar jalb qilingan. U bularning barchasini amalga oshirish uchun uzoq vaqt davomida o‘qitilgan. Tayyorgarlikdan so‘ng u bizning hududimizga yo‘naltirilgan", - deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Ma’lum bo‘lishicha, diversant o‘zining bir necha sheriklari bilan hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning A-50 erta ogohlantirish samolyoti Belarusga Ittifoq qo‘shinlarining mintaqaviy guruhini muvofiqlashtirish doirasida keldi, joriy yilning 16-yanvaridan 1-fevraliga qadar bo‘lib o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlarga jalb qilindi.
Internetda dron aerodrom uzra uchayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Bir necha kun oldin Belarus muxolifati ushbu samolyotga uyushtirilgan hujum haqida ma’lumot bergan edi, biroq keyinchalik markaziy televidenie samolyotga jiddiy zarar yetmagani e’lon qilindi va uning parvozi videosini namoyish qildi.
Eslatib o‘tamiz, A-50 SSSR va Rossiya havo kuchlarining radiolokatsion erta ogohlantirish va boshqaruv samolyoti hisoblanadi. U Il-76 harbiy transport samolyoti asosida yaratilgan bo‘lib, unda uzoq masofadan turib aniqlovchi "Shmel" radiotexnika majmuasi hamda boshqa uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, samolyot yer usti va havodagi nishonlarini aniqlash va kuzatish, qiruvchi va zarba beruvchi samolyotlarni yo‘naltirish, va avtomatlashtirilgan havo qo‘mondonlik punkti sifatida xizmat qiladi.