https://oz.sputniknews.uz/20230306/xitoy-2023-yil-uchun-rivojlanish-prognozini-elon-qildi-32687988.html
Xitoy 2023-yil uchun rivojlanish prognozini e’lon qildi
Xitoy 2023-yil uchun rivojlanish prognozini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qizil yulduz ostida: yangi iqtisodiy yilda Xitoy barcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha barqaror rivojlanishda davom etadi. 06.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-06T18:08+0500
2023-03-06T18:08+0500
2023-03-07T14:39+0500
dunyoda
xitoy
yaim
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/06/32689972_0:91:1111:716_1920x0_80_0_0_9c72cdb69bb7d419611029a49cf4e69d.jpg
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Shu kunlarda Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Umumxitoy xalq vakillarining yig‘ilishida Xitoyning asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlari hamda 2023-yil uchun prognozlar e’lon qilindi. Unda aytilishiga ko‘ra, 2023-yilda Xitoyning: Xitoy yuani kursini ratsional miqdorda barqaror ushlab turishga qaror qilindi, deyiladi hujjatda. Shuningdek, hujjatda xorijiy kapitalga Xitoy ichki iqtisodiga investitsiya kiritishi yo‘l ochib berilishi va xorijiy kompaniyalarda Xitoy ichida korxonalar ochishga ruxsat berish ham sanab o‘tilgan.Yig‘ilishda, shuningdek, Xitoyning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi haqida ham ma’lumotdar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Xitoy donli mahsulotlar yetishtirish maydonlarini saqlab qoladi. Shuningdek, Xitoy o‘z harbiy doktrinasiga muvofiq urushlarda ishtirok etmaydi, lekin o‘zining mudofaa sohasidagi ilmiy va texnik salohiyatini rivojlantiradi. 2023-yilda Xitoy harbiy budjeti 7,2 foizga oshadi. Undan tashqari mustaqil va tinchlikparvar tashqi siyosat olib boradi, tinchlikning "Besh tamoyili" asosida barcha davlatlarga nisbatan baravar do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantiradi. Ushbu yig‘ilish XXRda yilning asosiy ichki siyosiy voqeasi hisoblanadi. Unda Xitoyning barcha hududaridan 3 mingga yaqin deputatlar ishtirok etishadi. Sessiya 13-martga qadar davom etadi. Delegatlar XXRning kelgusi yildagi siyosiy, qonunchilik va iqtisodiy ishlarining asosiy yo‘nalishini belgilashi, shuningdek, 5-yilga mamlakat rahbariyatini saylashi kerak.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/06/32689972_18:0:1094:807_1920x0_80_0_0_accdfc52efea8fef598c13e1345be231.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, yaim, iqtisod
dunyoda, xitoy, yaim, iqtisod
Xitoy 2023-yil uchun rivojlanish prognozini e’lon qildi
18:08 06.03.2023 (yangilandi: 14:39 07.03.2023) Qizil yulduz ostida: yangi iqtisodiy yilda Xitoy barcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha barqaror rivojlanishda davom etadi.
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Shu kunlarda Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Umumxitoy xalq vakillarining yig‘ilishida Xitoyning asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlari hamda 2023-yil uchun prognozlar
e’lon qilindi.
Unda aytilishiga ko‘ra, 2023-yilda Xitoyning:
yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati - 5 %
budjet taqchilligi - YaIMning 3 %,
inflyatsiya esa - taxminan 3 % ni tashkil qiladi.
Xitoy yuani kursini ratsional miqdorda barqaror ushlab turishga qaror qilindi, deyiladi hujjatda.
Shuningdek, hujjatda xorijiy kapitalga Xitoy ichki iqtisodiga investitsiya kiritishi yo‘l ochib berilishi va xorijiy kompaniyalarda Xitoy ichida korxonalar ochishga ruxsat berish ham sanab o‘tilgan.
Yig‘ilishda, shuningdek, Xitoyning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi haqida ham ma’lumotdar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Xitoy donli mahsulotlar yetishtirish maydonlarini saqlab qoladi.
Shuningdek, Xitoy o‘z harbiy doktrinasiga muvofiq urushlarda ishtirok etmaydi, lekin o‘zining mudofaa sohasidagi ilmiy va texnik salohiyatini rivojlantiradi. 2023-yilda Xitoy harbiy budjeti 7,2 foizga oshadi.
Undan tashqari mustaqil va tinchlikparvar tashqi siyosat olib boradi, tinchlikning "Besh tamoyili" asosida barcha davlatlarga nisbatan baravar do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantiradi.
Ushbu yig‘ilish XXRda yilning asosiy ichki siyosiy voqeasi hisoblanadi. Unda Xitoyning barcha hududaridan 3 mingga yaqin deputatlar ishtirok etishadi. Sessiya 13-martga qadar davom etadi. Delegatlar XXRning kelgusi yildagi siyosiy, qonunchilik va iqtisodiy ishlarining asosiy yo‘nalishini belgilashi, shuningdek, 5-yilga mamlakat rahbariyatini saylashi kerak.