Rossiya “Giatsint-S” o‘ziyurar zambaragidan “ko‘chmanchi” qurol sifatida foydalanmoqda - video

Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Markaziy harbiy okrugning 152 mm “Giatsint-S” o‘ziyurar qurollari artilleriya ekipajlari Ukraina qurolli kuchlarining o‘t otish joylari va pozitsiyalariga zarba bermoqda.
Harbiy xizmatchilar “ko‘chmanchi” qurollar taktikasini qo‘llashapti – bir daqiqa ichida ular nishonga 5-6 marta o‘q uzadilar, so‘ng o‘q otish pozitsiyalarini o‘zgartiradilar.
“Giatsint-S” - Sovet Ittifoqida 1976-yilda ishlab chiqilgan 152 mmli o‘ziyurar artilleriya quroli bo‘lidi. Ushbu to‘p dushmanning hujumi vositalarini bostirish va yo‘q qilish, dushmanning qo‘mondonlik va boshqaruv organlarini, front chizig‘idan ichkarida joylashgan harbiy texnikasini va istehkomlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. “Giatsint-S” - 4 xildagi snaradlar bilan 20 - 41 km masofaga zarba berishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0