https://oz.sputniknews.uz/20230306/moynoqqa-kelib-ishlayotgan-shifokorlar-32678956.html
Boshqa viloyatlardan Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlar oilasi qancha maosh olmoqda?
Boshqa viloyatlardan Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlar oilasi qancha maosh olmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Boshqa viloyatlardan Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlar oilasi qancha maosh olmoqda
2023-03-06T15:25+0500
2023-03-06T15:25+0500
2023-03-06T15:25+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
o‘zbekiston
maosh
shifokor
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18226996_0:456:2730:1992_1920x0_80_0_0_9a146b9bad9698729906d153bcd24104.jpg
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, boshqa hududlardan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning har oylik lavozim maoshiga 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lovlari to‘lab berish belgilangan.Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu hujjatdan so‘ng Mo‘ynoqqa borib ishlash istagidagi shifokorlar soni ko‘paygan. Hozir tumanda Qoraqalpog‘istonga qo‘shni Xorazm viloyatidan tortib, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Andijon kabi hududlardan kelib mehnat qilayotgan tibbiyot mutaxassislari bor.Mo‘ynoqdan qariyb 1 700 kilometr uzoqlikda joylashgan Andijonning Jalaquduq tumanidan kelgan shifokorlar oilasi – Mahmudjon Abdulazizov va Matluba Rasuljonovalar shunday shifokorlardan.Bu yerga kelganimizda mo‘ynoqliklar juda yaxshi kutib oldi. Albatta, Jalaquduq bilan Mo‘ynoqning farqi katta. Andijonda aholi ko‘p, shuning uchun "Tez yordam"ga murojaatlar ham ko‘p bo‘ladi. Mo‘ynoqda aholi nisbatan kam bo‘lgani bilan juda tarqoq joylashgan. Shuning uchun tibbiy brigadaning manzilga yetib borish vaqti uzoqroq. Shuning hisobiga tibbiyot xodimlariga ehtiyoj yuqori. "103" mashinalarimiz barcha zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Markaziy tumanlarda mavjud barcha sharoit Mo‘ynoqda ham yaratilgan.Prezidentimiz “Tibbiyot xodimlarining oylik maoshini 1000 dollardan oshiramiz” deganlarida bunga hali biroz vaqt bor-ov, der edik. Mana, o‘zim bu yerga kelib, 13-14 million so‘m oylik olyapman”, — deydi Mo‘ynoq TTB tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Mahmudjon Abdulazizov.Uning aytishicha, boshqa hududdan kelib ishlayotganlar orasida pediatr, anesteziolog-reanimatolog, otolaringolog, xirurg, urolog va terapevt kabi mutaxassislar bo‘lib, ular mo‘ynoqliklarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda mahalliy shifokorlarga ko‘mak bermoqda.Matluba Rasuljonova — pediatr. U ham turmush o‘rtog‘i kabi Andijon tibbiyot institutini tamomlagan. Hozir Mo‘ynoq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat olib bormoqda.Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Mo‘ynoqda 14 nafar shifokor boshqa viloyatlardan kelib faoliyat olib bormoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18226996_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_9e5ee6870b90d74c6d0cab7ecd4cb796.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mo‘ynoq shifokorlar maosh
mo‘ynoq shifokorlar maosh
Boshqa viloyatlardan Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlar oilasi qancha maosh olmoqda?
O‘zbekistonning eng olis hududlaridan bo‘lgan Mo‘ynoq tumanida 6 ta davolash-profilaktika muassasasi va 2 ta mahalla tibbiyot punkti faoliyat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, boshqa hududlardan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning har oylik lavozim maoshiga 100 foiz, Mo‘ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lovlari to‘lab berish belgilangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining
ma’lum qilishicha, ushbu hujjatdan so‘ng Mo‘ynoqqa borib ishlash istagidagi shifokorlar soni ko‘paygan. Hozir tumanda Qoraqalpog‘istonga qo‘shni Xorazm viloyatidan tortib, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Andijon kabi hududlardan kelib mehnat qilayotgan tibbiyot mutaxassislari bor.
Mo‘ynoqdan qariyb 1 700 kilometr uzoqlikda joylashgan Andijonning Jalaquduq tumanidan kelgan shifokorlar oilasi – Mahmudjon Abdulazizov va Matluba Rasuljonovalar shunday shifokorlardan.
“Tibbiyot xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash haqidagi hujjat chiqqanidan so‘ng Mo‘ynoq tumanida ishlash bo‘yicha vazirlikka murojaat qilganimizda ijobiy javob oldik. Turmush o‘rtog‘im bilan 2022-yilning noyabr oyidan boshlab Mo‘ynoqda faoliyat boshladik. Bundan avval 30-yildan ortiq Jalaquduq tumanida tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori bo‘lib ishlaganman.
Bu yerga kelganimizda mo‘ynoqliklar juda yaxshi kutib oldi. Albatta, Jalaquduq bilan Mo‘ynoqning farqi katta. Andijonda aholi ko‘p, shuning uchun "Tez yordam"ga murojaatlar ham ko‘p bo‘ladi. Mo‘ynoqda aholi nisbatan kam bo‘lgani bilan juda tarqoq joylashgan. Shuning uchun tibbiy brigadaning manzilga yetib borish vaqti uzoqroq. Shuning hisobiga tibbiyot xodimlariga ehtiyoj yuqori. "103" mashinalarimiz barcha zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Markaziy tumanlarda mavjud barcha sharoit Mo‘ynoqda ham yaratilgan.
Prezidentimiz “Tibbiyot xodimlarining oylik maoshini 1000 dollardan oshiramiz” deganlarida bunga hali biroz vaqt bor-ov, der edik. Mana, o‘zim bu yerga kelib, 13-14 million so‘m oylik olyapman”, — deydi Mo‘ynoq TTB tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Mahmudjon Abdulazizov.
Uning aytishicha, boshqa hududdan kelib ishlayotganlar orasida pediatr, anesteziolog-reanimatolog, otolaringolog, xirurg, urolog va terapevt kabi mutaxassislar bo‘lib, ular mo‘ynoqliklarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda mahalliy shifokorlarga ko‘mak bermoqda.
Matluba Rasuljonova — pediatr. U ham turmush o‘rtog‘i kabi Andijon tibbiyot institutini tamomlagan. Hozir Mo‘ynoq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat olib bormoqda.
“Farzandlarimiz Andijonda. Ularni o‘quv yili o‘rtasida boshqa joyga ko‘chirmadik. Keyingi yildan boshlab bolalalarimizni ham shu yerga olib kelishni reja qilganmiz. Chunki Mo‘ynoqda hali yana bir necha yil mehnat qilishni o‘ylab turibmiz”, — deydi u.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Mo‘ynoqda 14 nafar shifokor boshqa viloyatlardan kelib faoliyat olib bormoqda.