Amerikaliklar Putin kabi prezidentni xohlashmoqda
© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosы jurnalistov na sammite stran - uchastnits Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) v Bishkeke.

© Sputnik / Pavel Bednyakov
/ TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. AQShda prezident saylovi oldi poygasi kutilmagan burilish qildi. Amerikaliklar kim yomonroq – Baydenmi yoki Tramp, degan baxslardan charchab: “Mamlakatimizning koʻplab fuqarolari davlat rahbari oʻrnida Putin kabi yoʻlboshchini koʻrishni xohlaydi”, – habar beradi The American Thinker nashri.
Nufuzli internet-resurslarning taʼkidlashicha, rusofob tashviqotiga qaramay, oddiy amerikaliklar orasida Rossiya prezidentining mashhurligi tobora oshib bormoqda: “Amerikaliklar Putinning barcha namoyishkorona jangovarligi ortida, Amerika hukumatidan farqli oʻlaroq, oʻz mamlakati va xalqi uchun koʻproq qaygʻurayotgan rahbarni koʻra boshladilar”.
Ha mayli, The American Thinker konservativ nashr boʻlgani uchun uni hisobga olmaymiz deylik. Lekin Britaniyaning eng liberal Guardian nashri ham xuddi shu holatni tan olishiga toʻgʻri kelmoqda. Hozirgina yakunlangan Konservativ siyosiy harakatlar konferentsiyasida amerikaliklar Putinni Bayden bilan qiyoslab, “urush qoʻzgʻatuvchi” demokratlarni qoralashdi va Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish va moliyaviy taʼminotni toʻxtatish talab qilishdi.
“Menga Putin yoqadi, menimcha, u jasoratli inson va u oʻz mamlakati uchun qaygʻuradi”, - dedi The Guardian nashriga anjuman ishtirokchilardan biri.
Nega ularda toʻsatdan Rossiya rahbariga bunday muhabbat paydo boʻldi? Rus odamiga bu holat darhol qandaydir shubhali tuyiladi. Sovet Ittifoqini parchalab tashlangan yillarda Amerika OAVlari uning rahbarlariga nisbatan surbetlarcha xushomad qilganini biz juda yaxshi eslaymiz.
Bugun esa buning aksi. Rasmiy anglo-sakson OAVlarida Putin hamon “Yovuz Doktor” sifatida tasvirlanmoqda. Ammo AQSH ommasining Rossiya prezidentiga nisbatan munosabati ancha murakkab. Amerikaliklarning Rossiya prezidentiga boʻlgan muhabbatining avjiga chiqishi, ajablanarli ravishda, Putinning Rossiya dushmanlariga nisbatan oʻta qattiqqoʻl pozitsiyasi tufayli paydo boʻlgan.
Bir hafta oldin Rossiyaning strategik yadroviy qurollarni cheklash shartnomasidagi ishtirokini toʻxtatish haqidagi qarori amerikalik hamkorlarga rasman yetkazilgan edi. Bu qaror bomba portlagandek taassurot qoldirdi. Strategik raqiblarimizda bu harakatga hali javob yoʻq.
Ammo ular Rossiya rahbariyatining ogohlantirishlari mubolagʻa emasligini tezda tushundi. Ilgari ayrim “ekspertlar” Rossiya bayonotlariga eʼtibor berish shart emas, degan fikrni bildirgan edi. Bugun esa bunday “ekspertlar” ilgari surgan fikrlari uchun oʻz hamkasblari tomonidan qoralanmoqda.
Endilikda AQSH xalqi qiziq bir dilemmaga duch keldi. Mamlakat rahbari – Amerikaning strategik dushmani Oq uyni Ukraina mojarosiga aralashmaslik haqida ochiqchasiga ogohlantirmoqda, aks holda bu yadroviy urushga olib kelishi mumkin. Yaʼni, Putin millionlab odamlar taqdiri uchun qaygʻurishini va masʼuliyat his qilayotganini namoyon qildi.
Lekin, ularning rahbari oʻjarlik bilan Ukrainaga aralashishda davom etmoqda va uning “masxarabozliklari” toʻlovini millionlab oddiy amerikaliklar toʻlashi kerakligiga tupurmoqda. Oq uy egasi AQSH xalqini radioaktiv olovga tashlashga tayyor, oʻzi esa “oʻgʻilchasi” bilan bunkerda jon saqlab oʻtirmoqchi.
Buning ustiga Zelenskiy amerikaliklar oʻz oʻgʻil va qizlarini “Ukraina uchun jon fido qilish”ga yuborishlari kerakligi haqida nooʻrin daʼvat bilan chiqib qoldi. Jo Bayden esa uni hatto toʻxtatmadi.
Bunker sotib olishga yoki Yangi Zelandiyaga koʻchib ketishga puli yoʻq oddiy amerikaliklar oʻz kelajaklari, qolaversa, butun dunyo kelajagi uchun faqat Rossiya prezidenti qaygʻurayotganini koʻrmoqda. Oʻzlarining, qandaydir nomaʼlum yoʻllar bilan hokimiyatga kelib qolgan rahbarlari esa butun insoniyatni yadroviy urush girdobiga itarib yuborishga tayyor. Tabiiyki, amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarda “biz Putin kabi odamni xohlaymiz” tarzida fikr bildirishmoqda.
Yana bir muhim omil bor. Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish qarori amerikaliklar orasida “Rossiyada qancha strategik raketa borligi” va “Rossiya raketalari AQShga qanchalik tez yetib borishi” haqidagi qidiruv soʻrovlarining keskin ortishiga olib keldi. Shu bilan birga, millionlab amerikaliklar teng kuchga ega boʻlgan davlatga qarshi ekanliklarini tushunishdi.
Bugungk kunga qadar Amerika faqat yadroviy qurolga ega boʻlmagan, zaif armiyali korruptsiyaga botgan davlatlar bilangina kurashgan edi. Ushbu mamlakatlar aholisini ular umuman odam sifatida qabul qilishmagan, shunchaki qandaydir koloniyaal hayvonchalar sifatida koʻrilgan.
Kuch jihatdan oʻzlariga teng boʻlgan mamlakat vakillariga nisbatan esa butunlay boshqacha munosabat. Rossiyaning “jumboqliligi” va "rus qalbining siri" haqidagi barcha mustamlakachilik ruhidagi shiorlar bir zumda tugadi. Amerikaliklar bizni teng huquqli raqiblar sifatida koʻra boshladi, demak ular oʻzlarini bizning oʻrnimizga qoʻyib koʻrishdi va biz ham oʻz manfaatlarimizga ega boʻlishimiz mumkinligini tan olishdi.
Oʻn yillar davomida bizning liberallarimiz Rossiyaning jangovarligi uni barcha mamlakatlar bilan mojaro keltirib chiqarishi mumkinligi haqida nolishar edi. Aslida, bu butunlay teskari ravishda ishlaydi. Kuchning ishonchli namoyishi hurmatni uygʻotadi, hurmatdan keyin manfaatlarni tan olish keladi, keyin esa “tinchlik, doʻstlik, caqich” paydo boʻlishi mumkin. Faqat shu tartibda, boshqacha boʻlishi mumkin emas.
Nafratni toʻsatdan mehrga aylanishi kabi xayratlanarli oʻzgarish, urushdan keyingi Yaponiya misolida ham kuzatilgan. Xirosima, Nagasaki, Tokioning shafqatsiz tarzda vayron qilinishi, partizanlar urushiga emas, balki aksincha Amerikaga kutilmagan darajada sajda qilishga olib keldi. Konstantin Simonov bu hodisa haqida juda yorqin xotiralarni yozib qoldirgan – u urushdan keyingi Yaponiyaga tashrif buyurgan edi.
Rossiyaga Amerika kabi shafqatsiz yoʻl tutishiga hojat yoʻq. Strategik qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomadagi ishtirokimiz toʻxtatilganini eʼlon qilishning oʻzi kifoya boʻldi. Endi esa rasmiy OAVning barcha yolgʻonlariga qaramay, Amerikaning keng ommasi prezident Putinga nisbatan iliq his-tuygʻularga ega. Newsmax telekanali esa Dmitriy Medvedevning Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomadagi ishtirokini toʻxtatgani haqidagi postini oʻz veb-saytida qayta nashr etmoqda. Bu materialda hech qanday tanqid yoʻq – jurnalistlar shunchaki Rossiya sobiq prezidentining “Biz oʻzimizni barcha turdagi qurollar, jumladan, yadroviy qurollar bilan ham himoya qilishga haqlimiz”, - degan gapini keltirishmoqda.