Turkmanistonda bayram munosabati bilan xotin-qizlarga 17 $dan berilmoqda

© "Turkmenistan: Zolotoy vek"Denejnie podarki na 8-marta ot imeni Prezidenta Turkmenistana
Denejnie podarki na 8-marta ot imeni Prezidenta Turkmenistana
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2023
Obuna bo‘lish
Sovg‘alarni birinchilardan bo‘lib bog‘cha tarbiyalanuvchilari oldi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Turkmanistonda 8-mart munosabati bilan xotin-qizlarga 17 dollardan berilmoqda. Bu haqda Turkmaniston prezidentining tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan ayollarga pul sovg‘alari topshirilmoqda.
Sovg‘alarni birinchilardan bo‘lib bog‘cha tarbiyalanuvchilari oldi.
Qayd etilishicha, 6-martgacha mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, pensiya va davlat nafaqalarini oluvchi, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi ayollar va qizlarga pul sovg‘alari beriladi.
Yangiliklar lentasi
0