Toshkentga eng ko‘p ko‘chib kelayotganlar ichida qaysi hudud yetakchi?

© IA "Dunyo"Gorod Tashkent
Gorod Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtga 2022-yilda respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida 45 689 kishi ko‘chib kelgan.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent shahriga eng ko‘p Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan ko‘chib kelishgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Poytaxtga 2022-yilda respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.
Doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni:
Toshkent viloyati – 18648 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 5924 kishi;
Samarqand viloyati – 3486 kishi;
Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;
Buxoro viloyati – 2777 kishi;
Farg‘ona viloyati – 2181 kishi;
Andijon viloyati – 1716 kishi;
Xorazm viloyati – 1688 kishi;
Navoiy viloyati – 1529 kishi;
Namangan viloyati – 1521 kishi;
Jizzax viloyati – 1303 kishi;
Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 989 kishi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan. Doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 646,5 ming nafarga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0