https://oz.sputniknews.uz/20230304/olimlar-qalampir-yangi-nav-ixtiro-32655423.html
O‘zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning yangi navini ixtiro qilishdi
O‘zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning yangi navini ixtiro qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Achchiq qalampirning yangi navi issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi.
2023-03-04T19:01+0500
2023-03-04T19:01+0500
2023-03-04T19:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimlar
qalampir
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/04/32655563_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_fba736e16f6f59e67c005b73eaae1714.png
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos “Sharq gavhari” navi ixtiro qilishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.Qalampirning ushbu navi Nurbek Xushvaqtov va Rustam Nizomovlar tomonidan yaratildi.Achchiq qalampirning yangi navi issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi. Ushbu nav o‘rtapishar bo‘lib, uning vegetatsiya davri 123-125 kunni tashkil etadi.“Sharq gavhari”ning ko‘rinishi boshqa qalampirlardan deyarli farq qilmaydi. Ushbu qalampirning hosildorligi gektariga 24-25,5 tonnaga teng.Yangi nav unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga chidamli hisoblanadi. Eng muhimi, uni issiqxonada yilning istalgan muddatida ekib yetishtirish va iste’mol qilish mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/04/32655563_96:0:672:432_1920x0_80_0_0_ce2df2d8065fae3ffa52f6bacc472919.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston olimlar qalampir
o‘zbekiston olimlar qalampir
O‘zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning yangi navini ixtiro qilishdi
Achchiq qalampirning yangi navi issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos “Sharq gavhari” navi ixtiro qilishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
ma’lum qildi. Qalampirning ushbu navi Nurbek Xushvaqtov va Rustam Nizomovlar tomonidan yaratildi.
Achchiq qalampirning yangi navi issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi. Ushbu nav o‘rtapishar bo‘lib, uning vegetatsiya davri 123-125 kunni tashkil etadi.
“Sharq gavhari”ning ko‘rinishi boshqa qalampirlardan deyarli farq qilmaydi. Ushbu qalampirning hosildorligi gektariga 24-25,5 tonnaga teng.
Yangi nav unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga chidamli hisoblanadi. Eng muhimi, uni issiqxonada yilning istalgan muddatida ekib yetishtirish va iste’mol qilish mumkin.