Endi avtomaktab o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2023
Obuna bo‘lish
Haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslari shartnoma asosida olib boriladi. To‘lov miqdori 2,1 mln so‘mgacha etib belgilangan.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Avtomaktab o‘qituvchilari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida malaka oshiradi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan tegishli nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Malaka oshirish har 3-yilda bir marta olib boriladi. Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o‘qitiladi.
O‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi. Mazkur kurslarda o‘qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.
To‘lov miqdorlari:
haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so‘m);
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m).
Tinglovchilarga ularning o‘quv jarayonida ishtirokini ta’minlash hamda o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda tyutor (o‘qituvchi-konsultant) yordamlashadi.
Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0