Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

© Agentstvo kulturnogo naslediya Respubliki UzbekistanRil kanavu-nashol kuvshin: naxodke dve tisachi let
Ril kanavu-nashol kuvshin: naxodke dve tisachi let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati Denov tumanida taxmiman milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topilgani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumani “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo‘minov tomonidan ariq qazish jarayonida sopol xum topildi, deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Bahrom Abdimo‘minov katta hajmli sopol xum topgani to‘g‘risida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qilgan.
Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelingan.
© Agentstvo kulturnogo naslediya Respubliki UzbekistanRil kanavu-nashol kuvshin: naxodke dve tisachi let
Ril kanavu-nashol kuvshin: naxodke dve tisachi let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijiy mamalakatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid 9 mingdan ortiq osori-atiqalar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidagi “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi binosida fuqarolar qo‘lida saqlangan qadimiy ashyolar ko‘rgazmasi tashkil etilgani ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0