https://oz.sputniknews.uz/20230303/samarqandda-milliy-kashtachilik-korgazma-savdosi-bolib-otadi-32639210.html
Samarqandda milliy kashtachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Samarqandda milliy kashtachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlari taqdim etiladi. 03.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-03T19:37+0500
2023-03-03T19:37+0500
2023-03-03T19:37+0500
madaniyat
samarqand
ko‘rgazma
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31584902_0:96:1024:672_1920x0_80_0_0_1aca0853a774df23735c0f341d0dc017.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Samarqand shahrida 18–19 mart kunlari II milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlari taqdim etiladi. “Mazkur tadbirning bu yilgisi Samarqandda o‘tkazilishida o‘ziga xos an’ana bor, Samarqand ko‘hna shahar va boshqa hududlar singari milliy o‘zbekona urf-odatlar va qadriyatlarni ham bag‘riga singdirgan. O‘ylaymanki, tadbir ham o‘ziga xos shukuhda insonlar qalbida qoladi”, - dedi “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.Dasturda Gulnora Odilova, Mavluda Hamdamova, Nasiba Ishakova va shu kabi tajribali kashtachilarning mahorat darslari va uchrashuvlar o‘rin olgan, shuningdek, qiziquvchilar uchun kashta tikish jarayonidan videoreportajlar tashkil etiladi.Tadbir davomida Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida Hunarmandlar maydonining Istirohat bog‘i, Alisher Navomiy ko‘chasi kashtachilar mahsulotlari bilan bezatiladi. Istaganlar milliy mahsulotlarni harid qilishlari mumkin.Ma’lumot uchun, mazkur tadbir ilk bor 2018-yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan. Unda turli hududlardan 300 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etishgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/13/31584902_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_ebeeb55b0150efa70123d34e6bf20569.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, samarqand, ko‘rgazma, savdo
madaniyat, samarqand, ko‘rgazma, savdo
Samarqandda milliy kashtachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlari taqdim etiladi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Samarqand shahrida 18–19 mart kunlari II milliy kashtachilik respublika ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Unda O‘zbekistonning barcha hududida kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning mahsulotlari taqdim etiladi.
“Mazkur tadbirning bu yilgisi Samarqandda o‘tkazilishida o‘ziga xos an’ana bor, Samarqand ko‘hna shahar va boshqa hududlar singari milliy o‘zbekona urf-odatlar va qadriyatlarni ham bag‘riga singdirgan. O‘ylaymanki, tadbir ham o‘ziga xos shukuhda insonlar qalbida qoladi”, - dedi “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
Dasturda Gulnora Odilova, Mavluda Hamdamova, Nasiba Ishakova va shu kabi tajribali kashtachilarning mahorat darslari va uchrashuvlar o‘rin olgan, shuningdek, qiziquvchilar uchun kashta tikish jarayonidan videoreportajlar tashkil etiladi.
Tadbir davomida Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida Hunarmandlar maydonining Istirohat bog‘i, Alisher Navomiy ko‘chasi kashtachilar mahsulotlari bilan bezatiladi. Istaganlar milliy mahsulotlarni harid qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur tadbir ilk bor 2018-yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan. Unda turli hududlardan 300 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etishgan.