https://oz.sputniknews.uz/20230303/ozbekiston-rossiyadan-gaz-import-32631340.html
O‘zbekiston gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilmoqda — video
O‘zbekiston gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilmoqda — video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyadan gaz import qilish oldidan ichki kommunikatsiya va magistral gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilmoqda
2023-03-03T15:59+0500
2023-03-03T15:59+0500
2023-04-05T18:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
gaz
energetika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0b/26083072_0:172:3029:1876_1920x0_80_0_0_bb398b09fa64fc5e529225fca91a1045.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi ichki kommunikatsiya va magistral gaz quvurlarida montaj ishlarini amalga oshirmoqda, deb xabar berdi "O‘ztransgaz" matbuot xizmati.Shu bilan har bir yo‘nalishda alohida transportirovka yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.Keyinchalik "O‘ztransgaz" AJ 2023-yil 3-mart kuni e’lon qilingan materialda anglashilmovchilik tufayli noto‘g‘ri ma’lumot berilganligini bildirdi.Rasmiy axborotga ko‘ra, Gazli MGQB ichki kommunikatsiyalari va magistral gaz quvurlarida amalga oshirilayotgan montaj ishlari Rossiyadan gaz import qilinishi bilan bog‘liq emas.Bajarilayotgan profilaktik tadbirlar va payvandlash ishlari respublika janubiy hududlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish samaradorligini oshirishga qaratilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” rahbari va O‘zbekiston energetika vaziri gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangandi.Keyinchalik O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov "yo‘l xaritasi" tijoriy narxlar bo‘yicha kelishilsa, Rossiyadan gaz import qilishni ko‘zda tutishini ma’lum qildi.10 fevral kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi Aleksey Miller hamda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov ishtirokida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0b/26083072_150:0:2879:2047_1920x0_80_0_0_948ddfacac4b727a124fca769b402fbe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya gaz energetika
o‘zbekiston rossiya gaz energetika
O‘zbekiston gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilmoqda — video
15:59 03.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) O‘zbekistonda Rossiyadan gaz import qilish oldidan ichki kommunikatsiya va magistral gaz quvurlarida montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi ichki kommunikatsiya va magistral gaz quvurlarida montaj ishlarini amalga oshirmoqda, deb xabar berdi "O‘ztransgaz"
matbuot xizmati. "Bundan maqsad Rossiyadan import qilinadigan tabiiy gaz hajmini ichki transportirovka hajmlariga aralashib qolmasligini ta’minlashdir", deyilgan xabarda.
Shu bilan har bir yo‘nalishda alohida transportirovka yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Keyinchalik "
O‘ztransgaz" AJ 2023-yil 3-mart kuni e’lon qilingan materialda anglashilmovchilik tufayli noto‘g‘ri ma’lumot berilganligini bildirdi.
Rasmiy axborotga ko‘ra, Gazli MGQB ichki kommunikatsiyalari va magistral gaz quvurlarida amalga oshirilayotgan montaj ishlari Rossiyadan gaz import qilinishi bilan bog‘liq emas.
Bajarilayotgan profilaktik tadbirlar va payvandlash ishlari respublika janubiy hududlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” rahbari va O‘zbekiston energetika vaziri gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi
imzolangandi.Keyinchalik O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov "yo‘l xaritasi" tijoriy narxlar bo‘yicha kelishilsa, Rossiyadan gaz import qilishni ko‘zda tutishini
ma’lum qildi.10 fevral kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruv raisi Aleksey Miller hamda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov ishtirokida uch tomonlama muzokaralar
bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yanvar oyida imzolangan “yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.