https://oz.sputniknews.uz/20230303/ozbekiston-qozogiston-qoshma-kompaniya-32626853.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi tashkil etilgan kompaniya korxonalarga ikki mamlakat bozorlariga tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.
2023-03-03T13:05+0500
2023-03-03T13:05+0500
2023-03-03T15:57+0500
dunyoda
qozog‘iston
o‘zbekiston
savdo
kompaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32627191_0:185:2502:1592_1920x0_80_0_0_f88039d027d01208232ec0294c636c3f.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. U ikki mamlakat o‘rtasida sabzavot va mevalardan tortib avtomobil kuzovlarigacha bo‘lgan savdoni rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.“QazTrade Savdo siyosatini rivojlantirish markazi” va "UzTrade" ta’sisligida “UzKazTrade” MChJ eksport-import korxonasi tashkil etildi.Kompaniya rahbari Nurali Bukeyxonovning so‘zlariga ko‘ra, “UzKazTrade” MChJning tashkil etilishi qozog‘istonlik korxonalarga ikki mamlakat bozorlariga tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.Shuningdek, o‘zaro savdodagi to‘siqlar va cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.Loyihaning amalga oshirilishi Qozog‘iston bozorining uchinchi davlatlar importiga bog‘liqligini kamaytirish bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.Ma’lumot uchun, 2022-yil yakuniga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 29,8 foizga (3,8 milliard dollar) ko‘p. O‘zbekistondan Qozog‘istonga import 21,4 foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil etgan.Qozog‘iston asosan avtomobillar uchun kuzovlar, uchqunli ichki yonuv dvigatellari, qurilish mahsulotlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar, shuningdek uzum sotib oladi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32627191_0:125:2502:2002_1920x0_80_0_0_ccbb2b476bb333e3094b81c915b73b25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston savdo korxona
o‘zbekiston qozog‘iston savdo korxona
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi
13:05 03.03.2023 (yangilandi: 15:57 03.03.2023) Yangi tashkil etilgan kompaniya korxonalarga ikki mamlakat bozorlariga tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. U ikki mamlakat o‘rtasida sabzavot va mevalardan tortib avtomobil kuzovlarigacha bo‘lgan savdoni rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston
xabar berdi. “QazTrade Savdo siyosatini rivojlantirish markazi” va "UzTrade" ta’sisligida “UzKazTrade” MChJ eksport-import korxonasi tashkil etildi.
Kompaniya rahbari Nurali Bukeyxonovning so‘zlariga ko‘ra, “UzKazTrade” MChJning tashkil etilishi qozog‘istonlik korxonalarga ikki mamlakat bozorlariga tovarlar yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, o‘zaro savdodagi to‘siqlar va cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
“Dastlabki bosqichda ichki bozorimiz ehtiyojini qondirish uchun O‘zbekistondan meva-sabzavot sotib olish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Qozog‘iston un mahsulotlarini kelgusida Afg‘onistonga eksport qilish imkoniyati bilan O‘zbekiston hududida sotishga ko‘maklashamiz. Biz O‘zbekiston tomoni bilan logistika xarajatlari bo‘yicha imtiyozlar berishga kelishib oldik”, — dedi Savdo siyosatini rivojlantirish markazi rahbari.
Loyihaning amalga oshirilishi Qozog‘iston bozorining uchinchi davlatlar importiga bog‘liqligini kamaytirish bo‘yicha hukumat chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil yakuniga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 29,8 foizga (3,8 milliard dollar) ko‘p. O‘zbekistondan Qozog‘istonga import 21,4 foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Qozog‘iston asosan avtomobillar uchun kuzovlar, uchqunli ichki yonuv dvigatellari, qurilish mahsulotlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar, shuningdek uzum sotib oladi.