https://oz.sputniknews.uz/20230303/norboeva-energiya-resurslarini-ogirlaganlik-32630819.html
Norboyeva energiya resurslarini o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishiga izoh berdi
Norboyeva energiya resurslarini o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishiga izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Senat raisi Tanzila Norboyeva energiya resurslari xalqniki ekanini aytib, ularni talon-toroj qilish "ko‘pning haqqiga xiyonat qilish bilan baravarligini" eslatdi.
2023-03-03T15:42+0500
2023-03-03T15:42+0500
2023-03-03T15:55+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32630587_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_952af9161c6bdf2d00b649ded9186e41.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Energiya resurslari xalqniki va ularni talon-toroj qilish "ko‘pning haqqiga xiyonat qilish bilan bab-baravar", dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva yuqori palataning yalpi majlisida.Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali ularning aholiga yanada ishonchli, barqaror va yetarlicha yetkazib berilishini ta’minlash hamda tizimda turli talon-torojliklarning oldini olishda bunday qonunlarga (energiya resurslaridan qonunga zid foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiruvchi -tahr.) ehtiyoj katta.Senat raisining aytishicha, kiritilayotgan normalarning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilar o‘rtasida keng tushuntirishga jiddiy e’tibor qilish talab etiladi. Qonunda bu vazifa asosan Bosh prokuratura va Energetika vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Biroq bu masalada parlament va jamoatchilik ta’sirini ham oshirish zarurligi qayd etildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32630587_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fbb559573c8e8a07547e7125693aac6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energiya resurslari tanzila norboyeva
energiya resurslari tanzila norboyeva
Norboyeva energiya resurslarini o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishiga izoh berdi
15:42 03.03.2023 (yangilandi: 15:55 03.03.2023) Senat raisi Tanzila Norboyeva energiya resurslari xalqniki ekanini aytib, ularni talon-toroj qilish "ko‘pning haqqiga xiyonat qilish bilan baravarligini" eslatdi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Energiya resurslari xalqniki va ularni talon-toroj qilish "ko‘pning haqqiga xiyonat qilish bilan bab-baravar", dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva yuqori palataning
yalpi majlisida. Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali ularning aholiga yanada ishonchli, barqaror va yetarlicha yetkazib berilishini ta’minlash hamda tizimda turli talon-torojliklarning oldini olishda bunday qonunlarga (energiya resurslaridan qonunga zid foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiruvchi -tahr.) ehtiyoj katta.
"Elektr, gaz va vodoprovoddan tijorat maqsadlarida qonunga xilof ravishda foydalanish o‘g‘irlik, deb belgilanmoqda. Sababi oddiy: mazkur ne’matlar xalqimizniki, ya’ni ko‘pchilikning haqqi. Shunday ekan ularni talon-taroj qilish, o‘g‘irlash ko‘pning haqqiga xiyonat qilish bilan bab-baravar. Demak, javobgarlik ham shunga yarasha qat’iy bo‘ladi", — deydi u.
Senat raisining aytishicha, kiritilayotgan normalarning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilar o‘rtasida keng tushuntirishga jiddiy e’tibor qilish talab etiladi. Qonunda bu vazifa asosan Bosh prokuratura va Energetika vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Biroq bu masalada parlament va jamoatchilik ta’sirini ham oshirish zarurligi qayd etildi.
"Kecha Senatning joriy yildagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, energetika sohasidagi dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishga kelishib oldik. Shu bois yana bir bor barcha senatorlarni ushbu yo‘nalishda, jumladan qonunchilikka kiritilayotgan mazkur yangiliklarni joylarda aholiga tushuntirish va ularning ijrosini ta’minlashda faol bo‘lishga chaqirib qolaman", — deydi Tanzila Norboyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.