Fransiyaning aviakosmik poytaxtiga Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi — foto, video

© "Dunyo" AA Mirzo Ulug‘bek haykali
Mirzo Ulug‘bek haykali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Fransiyaning aviakosmik poytaxti Tuluza shahriga Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatildi. "Dunyo" AA xabar berdi.
Tuluza shahrida joylashgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
© Samarqand viloyati hokimligiMirzo Ulug‘bek haykali
Mirzo Ulug‘bek haykali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Mirzo Ulug‘bek haykali
Mirzo Ulug‘bekning misdan barpo etilgan haykali muallifi - samarqandlik haykaltarosh Umirzoq Sharipov. Ushbu yodgorlikning bo‘yi 240 santimetrni tashkil etadi.
© Samarqand viloyati hokimligiMirzo Ulug‘bek haykali
Mirzo Ulug‘bek haykali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Mirzo Ulug‘bek haykali
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mirzo 1394-yil 22-mart kuni Iroqi Ajamning Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Ulug‘bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqandda jahonga mashhur osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik rasadxona barpo etilgan.
Yangiliklar lentasi
0