https://oz.sputniknews.uz/20230303/energiyadan-qonunga-zid-foydalanganlik-uchun-javobgarlik-32626663.html
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlikka tenglashtiriladi - Senat
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlikka tenglashtiriladi - Senat
Sputnik O‘zbekiston
Elektr, gaz va suvdan noqonuniy foydalanish holatlari - o‘g‘irlik jinoyatiga tenglashtiriladi, Jinoyat kodeksiga taaluqli o‘zgarishlar kiritiladi - Senat.
2023-03-03T13:34+0500
2023-03-03T13:34+0500
2023-03-03T14:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
javobgarlik
o‘zbekiston oliy majlisi senati
jinoyat kodeksi
jinoyatchilik
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32628238_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_b72e24468f3d57db9005095c5c0b2af6.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik.O‘zbekistonda energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqida Senatning 37-yalpi majlisida ma’lum bo‘ldi. Senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishdi.Ma’lumot uchun, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, O‘zbekistonda bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib bormoqda.Bosh prokruatura tomonidan 2022-yil va 2023-yilning boshida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari bo‘yicha 433 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 368,1 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.Shuningdek, suv ta’minoti tarmoqlariga 1 624 ta noqonuniy ulanishlar aniqlanib, qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan 7 mlrd 144 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lovlar undirilgan.Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari son oshishiga amaldagi Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlik choralarining yetarli emasligi ham sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda bunday jinoyat sodir etib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini cheklangan, deyiladi Senat xabarida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32628238_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_ad332c60498488767bdc45459e4597f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr gaz va suvdan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik jinoyat jinoyat kodeksiga senat
elektr gaz va suvdan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik jinoyat jinoyat kodeksiga senat
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlikka tenglashtiriladi - Senat
13:34 03.03.2023 (yangilandi: 14:45 03.03.2023) Elektr, gaz va suvdan noqonuniy foydalanish holatlari - o‘g‘irlik jinoyatiga tenglashtiriladi, Jinoyat kodeksiga taaluqli o‘zgarishlar kiritiladi - Senat.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik.O‘zbekistonda energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqida Senatning 37-yalpi majlisida
ma’lum bo‘ldi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Xususan, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud ularni hisobga olish asboblari va plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, ushbu qilmishlarni kommunal xizmati tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari bilan til biriktirib, sodir etilgan jinoyat holatlari endilikda
o‘g‘rilik jinoyati deb baholanishi nazarda tutilmoqda.
Ikkinchidan, Jinoyat kodeksiga “
tijorat maqsadi” tushunchasi kiritilib, jismoniy va yuridik shaxslarning muayan faoliyatida foyda, daromad olish, naf ko‘rishga qaratilgan maqsad ekanligi belgilanmoqda.
Uchinchidan, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha
dastlabki tergov harakatlari prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Ma’lumot uchun, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, O‘zbekistonda bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib bormoqda.
Bosh prokruatura tomonidan 2022-yil va 2023-yilning boshida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari bo‘yicha 433 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 368,1 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Shuningdek, suv ta’minoti tarmoqlariga 1 624 ta noqonuniy ulanishlar aniqlanib, qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan 7 mlrd 144 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lovlar undirilgan.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari son oshishiga amaldagi Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlik choralarining yetarli emasligi ham sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda bunday jinoyat sodir etib, davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini cheklangan, deyiladi Senat xabarida.