Chimonda umummavsumiy dam olish maskani quriladi

© Sputnik / StringerTashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak
Tashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
"Beldersoy – Chimon – Nanay" xalqaro kurortini tashkil etish doirasida "Chimon" dam olish maskani quriladi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik.Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi "Chimon" umummavsumiy oromgohi obyektlarini loyihalash, tadqiq qilish, qurish, jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish, sozlash-ishga tushirish ishlarini olib borish yuzasidan 1-6-sonli lotlar bo‘yicha ochiq tanlov g‘olibi deb topildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha doirasida dam oluvchilarni 2 515 metr balandlikka ko‘tariladigan gondol tipidagi 10 kishilik asosiy osma yo‘li (maksimal quvvati — 2 000 kishi/soat) va 3 309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik oraliq osma yo‘li (maksimal sig‘imi — 800 kishi/soat) quriladi.
Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi.
Shuningdek, unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi, umumiy uzunligi 20 kilometrdan ortiq bo‘lgan turli darajadagi 11 ta chang‘i uchish joylari, 6 ming nafar turistga mo‘ljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.
MND tog‘li hududlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi sanoat guruhlaridan biridir. Guruh 2004-yildan buyon dunyoning 49 davlatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatidagi Dara qishlog‘ida yangi oilaviy mehmon uylar, uy muzeylari, hunarmandlar ustaxonasi, savdo nuqtalari kabi turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0