https://sputniknews.uz/20230303/buni-toxtatish-vaqti-keldi-aqshda-ukrainaga-yordamni-toxtatishni-talab-qilishmoqda-32637662.html
“Buni toʻxtatish vaqti keldi”. AQShda Ukrainaga yordamni toʻxtatishni talab qilishmoqda
“Buni toʻxtatish vaqti keldi”. AQShda Ukrainaga yordamni toʻxtatishni talab qilishmoqda
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Respublikachilar yakdilligi Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi tufayli darz ketmoqda. Donald Tramp boshchiligidagi izolyatsionistlar Oq... 03.03.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-03-03T20:53+0500
2023-03-03T20:53+0500
2023-03-03T20:53+0500
kolumnistlar
aqsh
respublikachilar
jo bayden
oq uy
saylovlar
ukraina
qurol-yarogʻ
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32629757_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_52c13ea1dcef99063643ba62b306c312.jpg
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Respublikachilar yakdilligi Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi tufayli darz ketmoqda. Donald Tramp boshchiligidagi izolyatsionistlar Oq uydan Kiyevga yordam berishni toʻxtatishni talab qilmoqda, neokonservatorlar esa buning uchun ularni partiyadan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.Amerikancha ajralishRespublikachilar vakillar palatasi aʼzosi Marjori Teylor Grin ishonch bilan aytishiga qaraganda, mamlakat milliy ajralish sari harakatlanib bormoqda. U bu holatda “haqiqiy amerikaliklardan butunlay ajralgan” amaldagi hokimiyatni aybdor deb bilmoqda.Xususan, deputat Kevin Xernning taʼkidlashicha, Bayden Kiyevga tashrif buyurdi, ammo temir yoʻl halokati tufayli zaharli moddalar tuproq va atmosferaga tarqalib ketgan muammoli Oklaxoma shtatiga esa bormadi. Marjori Teylor Grin amerikaliklar hattoki oʻz prezidentidan nafratla boshlaganini, u Ukraina hukumatini amerikaliklardan afzal koʻrganini aytdi. Poyezd relsidan chiqib ketgan yana bir hudud – Sharqiy Palestin meri Trent Konauey Baydenning Yevropaga safarini mahalliy aholiga nisbatan “qattiq tarsaki” deb atadi.Baʼzi Gʻarb OAVlari bu chiqishni Vakillar palatasini nazorat qiluvchi Respublikachilar partiyasi Vashingtonning Ukrainaga qurol-yarogʻ yuborishda davom etishini toʻxtatmoqchi ekanligining belgisi sifatida qabul qilishdi. Bu orada Baydendan keyin Vakillar palatasining Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Maykl Makkol boshchiligidagi besh nafar respublikachilar guruhi Kiyevga tashrif buyurdi. Zelenskiy ularga UQK uchun zarur boʻlgan qurollar roʻyxatini topshirdi. Xususan, bu roʻyxatda F-16 qiruvchi samolyotlari va 300 kilometr masofaga uchadigan ATACMS raketa tizimlari bor.Mehr-muhabbat davri oʻtdiOq uyni yana boshqarish istagini allaqachon eʼlon qilgan sobiq prezident Donald Trampning fikricha, Bayden Rossiya bilan toʻqnashuvni qoʻzgʻatmoqda. Boshqa tomondan, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ikkinchi rasmiy nomzod Nikki Xeyli ishonch bilan taʼkidladiki, Vashington Ukrainani himoya qilayotgani yoʻq, balki magʻlub boʻlish mumkin boʻlmagan “ozodlik uchun urush” olib bormoqda.Oʻz navbatida, sobiq vitse-prezident Mayk Pens “ozodlikni himoya qilish”dan bosh tortganlarga Respublikachilar partiyasida joy boʻlmasligi kerak”, degan fikrni taʼkidlab oʻtdi.Senatdagi respublikachilar ozchiligi yetakchisi Mitch Makkonnel Myunxen konferentsiyasida soʻzlagan nutqida partiya ichidagi kurash oson kechmasligini, ammo ukrainaliklar baribir oʻzlariga kerakli qurollarni olishini taʼkidladi. Bir yil oldin bunday muammo yoʻq edi. Desantisning oʻzi ham 2014 yildan beri Kiyevni qurol bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlab kelgan. Aftidan, u aholining Ukraina inqiroziga munosabati oʻzgarganligi sababli oʻz fikrini oʻzgartirgan.The Associated Press-NORC Center for Public Affairs Research tomonidan fevral oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, amerikaliklarning faqat 48 foizi Ukrainaga qurol yetkazib berishni maʼqullaydi, 29 foizi - qarshi, 22 foizi esa bir qarorga kelmagan. 2022 yil may oyida respondentlarning 60 foizi Kiyev rejimiga harbiy yordam berish tarafdori boʻlgan. Bundan tashqari, FoxNews maʼlumotlariga koʻra, respublikachilarning 61 foizi va mustaqil saylovchilarning 49 foizi Ukrainani qoʻllab-quvvatlash muddatsiz boʻlishini istamaydi.Shu bilan birga, Quinnipiac University maʼlumotlariga koʻra, Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 42 foizi Trampga, 36 foizi Desantisga ovoz berishga tayyor. Xeylining reytingi olti foiz, Mayk Pensniki esa toʻrt foiz.Gʻoyaviy kelishmovchiliklarRIA Novosti bilan suhbatlashgan ekspertlarning taʼkidlashicha, AQShning begona mojarolariga aralashishini istamaydigan izolyatsionistlar va butun dunyo boʻyicha “ozodlik” uchun kurashayotgan neokonservatorlar (ularning tushunishicha) oʻrtasidagi kurash uchun Ukraina shunchaki qoʻzgʻatuvchi boʻldi.“Biroq, bu yengib boʻlmas tafovutlar emas, chunki barcha respublikachilar milliy manfaatlarni himoya qiladi va Amerika ustunligi uchun harakat qiladi. Shunchaki baʼzilari ichki muammolarga eʼtibor qaratishga undasa, boshqalari harbiy kuchni tanlaydi”, – deb tushuntiradi MDU qoshidagi Franklin Ruzvelt nomidagi AQShni oʻrganish jamgʻarmasi direktori Yuriy Rogulev.Ukrainani yanada qurollantirish tarafdorlari mustaqil gʻalaba qozonish yoki saylovchilarni oʻz tarafiga oʻtkazishni kutishmoqda, deya qoʻshimcha qiladi RFA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining AQSH tashqi va ichki siyosati sektori rahbari Viktoriya Juravlyova. “Bunday elektoratning Kiyevdan yordam soʻrash talabi bor, agar bu odamlar uchun kurashilmasa, ular demokratlarga oʻtib ketadi”, – fikr bildiradi Juravlyova.Mutaxassislarning ishonchi komilki, Ukrainadagi mojaro barcha nomzodlarning saylovoldi kampaniyalarida muhim rol oʻynaydi. Qolaversa, Demokratik partiyada ham nizolar bor. Masalan, oktyabr oyida 30 nafar kongressmen Baydendan tinchlik muzokaralarini boshlashni va xayrixohlik ishorasi sifatida Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yumshatishni talab qildi. Mojaro tezda barham topdi, chunki demokratlar Kremlga yon bosishga tayyorlikda gumon qilinishlarini xohlamaydi.
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/03/32629757_205:0:2873:2001_1920x0_80_0_0_9f24a16c113c3206e482cd7cd3472e10.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
aqsh, respublikachilar, jo bayden, oq uy, saylovlar, ukraina, qurol-yarogʻ
aqsh, respublikachilar, jo bayden, oq uy, saylovlar, ukraina, qurol-yarogʻ
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Respublikachilar yakdilligi Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi tufayli darz ketmoqda. Donald Tramp boshchiligidagi izolyatsionistlar Oq uydan Kiyevga yordam berishni toʻxtatishni talab qilmoqda, neokonservatorlar esa buning uchun ularni partiyadan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.
Amerikancha ajralish
Respublikachilar vakillar palatasi aʼzosi Marjori Teylor Grin ishonch bilan aytishiga qaraganda, mamlakat milliy ajralish sari harakatlanib bormoqda. U bu holatda “haqiqiy amerikaliklardan butunlay ajralgan” amaldagi hokimiyatni aybdor deb bilmoqda.
Marjoriga va uning boshqa partiyadoshlariga Baydenning Yevropaga sayohati, Kiyevga tashrifi va “Buxarest toʻqqizligi” yetakchilari bilan uchrashuvi xush kelmadi. Respublikachilar Ukraina muammolari prezidentni Amerikaning shaxsiy muammolaridan ham koʻproq tashvishga solayotganidan norozi.
Xususan, deputat Kevin Xernning taʼkidlashicha, Bayden Kiyevga tashrif buyurdi, ammo temir yoʻl halokati tufayli zaharli moddalar tuproq va atmosferaga tarqalib ketgan muammoli Oklaxoma shtatiga esa bormadi. Marjori Teylor Grin amerikaliklar hattoki oʻz prezidentidan nafratla boshlaganini, u Ukraina hukumatini amerikaliklardan afzal koʻrganini aytdi. Poyezd relsidan chiqib ketgan yana bir hudud – Sharqiy Palestin meri Trent Konauey Baydenning Yevropaga safarini mahalliy aholiga nisbatan “qattiq tarsaki” deb atadi.
Baʼzi Gʻarb OAVlari bu chiqishni Vakillar palatasini nazorat qiluvchi Respublikachilar partiyasi Vashingtonning Ukrainaga qurol-yarogʻ yuborishda davom etishini toʻxtatmoqchi ekanligining belgisi sifatida qabul qilishdi. Bu orada Baydendan keyin Vakillar palatasining Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi Maykl Makkol boshchiligidagi besh nafar respublikachilar guruhi Kiyevga tashrif buyurdi. Zelenskiy ularga UQK uchun zarur boʻlgan qurollar roʻyxatini topshirdi. Xususan, bu roʻyxatda F-16 qiruvchi samolyotlari va 300 kilometr masofaga uchadigan ATACMS raketa tizimlari bor.
Mehr-muhabbat davri oʻtdi
Oq uyni yana boshqarish istagini allaqachon eʼlon qilgan sobiq prezident Donald Trampning fikricha, Bayden Rossiya bilan toʻqnashuvni qoʻzgʻatmoqda. Boshqa tomondan, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ikkinchi rasmiy nomzod Nikki Xeyli ishonch bilan taʼkidladiki, Vashington Ukrainani himoya qilayotgani yoʻq, balki magʻlub boʻlish mumkin boʻlmagan “ozodlik uchun urush” olib bormoqda.
Florida gubernatori, shuningdek, prezidentlikka yana bir daʼvogar Ron Desantis (uni “Oʻqishni biladiganlar uchun Tramp” deb atashadi) “Ukraina bilan emas, oʻz davlatimiz bilan shugʻullanishimiz kerak va AQSH uchun haqiqiy tahdid Rossiya emas, balki Xitoy”, – deya fikr bildirdi.
Oʻz navbatida, sobiq vitse-prezident Mayk Pens “ozodlikni himoya qilish”dan bosh tortganlarga Respublikachilar partiyasida joy boʻlmasligi kerak”, degan fikrni taʼkidlab oʻtdi.
Senatdagi respublikachilar ozchiligi yetakchisi Mitch Makkonnel Myunxen konferentsiyasida soʻzlagan nutqida partiya ichidagi kurash oson kechmasligini, ammo ukrainaliklar baribir oʻzlariga kerakli qurollarni olishini taʼkidladi. Bir yil oldin bunday muammo yoʻq edi. Desantisning oʻzi ham 2014 yildan beri Kiyevni qurol bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlab kelgan. Aftidan, u aholining Ukraina inqiroziga munosabati oʻzgarganligi sababli oʻz fikrini oʻzgartirgan.
The Associated Press-NORC Center for Public Affairs Research tomonidan fevral oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, amerikaliklarning faqat 48 foizi Ukrainaga qurol yetkazib berishni maʼqullaydi, 29 foizi - qarshi, 22 foizi esa bir qarorga kelmagan. 2022 yil may oyida respondentlarning 60 foizi Kiyev rejimiga harbiy yordam berish tarafdori boʻlgan. Bundan tashqari, FoxNews maʼlumotlariga koʻra, respublikachilarning 61 foizi va mustaqil saylovchilarning 49 foizi Ukrainani qoʻllab-quvvatlash muddatsiz boʻlishini istamaydi.
Shu bilan birga, Quinnipiac University maʼlumotlariga koʻra, Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 42 foizi Trampga, 36 foizi Desantisga ovoz berishga tayyor. Xeylining reytingi olti foiz, Mayk Pensniki esa toʻrt foiz.
Gʻoyaviy kelishmovchiliklar
RIA Novosti bilan suhbatlashgan ekspertlarning taʼkidlashicha, AQShning begona mojarolariga aralashishini istamaydigan izolyatsionistlar va butun dunyo boʻyicha “ozodlik” uchun kurashayotgan neokonservatorlar (ularning tushunishicha) oʻrtasidagi kurash uchun Ukraina shunchaki qoʻzgʻatuvchi boʻldi.
“Biroq, bu yengib boʻlmas tafovutlar emas, chunki barcha respublikachilar milliy manfaatlarni himoya qiladi va Amerika ustunligi uchun harakat qiladi. Shunchaki baʼzilari ichki muammolarga eʼtibor qaratishga undasa, boshqalari harbiy kuchni tanlaydi”, – deb tushuntiradi MDU qoshidagi Franklin Ruzvelt nomidagi AQShni oʻrganish jamgʻarmasi direktori Yuriy Rogulev.
Ukrainani yanada qurollantirish tarafdorlari mustaqil gʻalaba qozonish yoki saylovchilarni oʻz tarafiga oʻtkazishni kutishmoqda, deya qoʻshimcha qiladi RFA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining AQSH tashqi va ichki siyosati sektori rahbari Viktoriya Juravlyova. “Bunday elektoratning Kiyevdan yordam soʻrash talabi bor, agar bu odamlar uchun kurashilmasa, ular demokratlarga oʻtib ketadi”, – fikr bildiradi Juravlyova.
Mutaxassislarning ishonchi komilki, Ukrainadagi mojaro barcha nomzodlarning saylovoldi kampaniyalarida muhim rol oʻynaydi. Qolaversa, Demokratik partiyada ham nizolar bor. Masalan, oktyabr oyida 30 nafar kongressmen Baydendan tinchlik muzokaralarini boshlashni va xayrixohlik ishorasi sifatida Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yumshatishni talab qildi. Mojaro tezda barham topdi, chunki demokratlar Kremlga yon bosishga tayyorlikda gumon qilinishlarini xohlamaydi.