Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi — O‘zgidromet

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo harorati +24 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Bugun respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ayrim joylarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo harorati +24 darajagacha ko‘tariladi. Poytaxtda harorat kechasi +6-8 daraja iliq, kunduzi +17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, kunduzi +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0