https://oz.sputniknews.uz/20230303/aqsh-xitoyni-yadroviy-tahdid-manbai-sifatida-korsatishga-harakat-qilmoqda--xitoy-tiv-32631109.html
AQSh Xitoyni yadroviy tahdid manbai sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda — Xitoy TIV
AQSh Xitoyni yadroviy tahdid manbai sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda — Xitoy TIV
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi: AQSh gegemonlikni saqlab qolish uchun Pekin tahdidi nazariyasini ilgari surmoqda. 03.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-03T15:12+0500
2023-03-03T15:12+0500
2023-03-03T15:12+0500
dunyoda
xitoy
aqsh
yadro quroli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23314460_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_56f138a33c6cec9823fe4a19a1b62e23.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Xitoyni yadroviy tahdid manbai sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda, garchi ularning o‘zlari eng katta xavf tug‘dirsa ham. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi AQSh prezidenti Jo Baydenning ichki xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Elizabet Shervud-Rendallning Xitoy strategik arsenalining kuchayishi fonida tahdidlarni minimallashtirish uchun Pekin bilan aloqalarni davom ettirish zarurligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z arsenallarini kengaytirish va harbiy gegemonlikni saqlab qolish uchun bahona sifatida Xitoyning yadroviy kuchlarini qurish haqidagi bayonotlarga muhtoj.Diplomat so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlar yadroviy triadani agressiv tarzda modernizatsiya qilganini, Pekin esa o‘z kuchlarini milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal darajada saqlab, muvozanatli va mas’uliyatli pozitsiyani egallaganini eslatdi.U Vashingtonni xavfsizlik siyosatini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va xavflarni kamaytirish hamda global va mintaqaviy tinchlikni saqlash uchun amaliy choralar ko‘rishga chaqirdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23314460_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ae59b5c895483be1b0bcdca9cfd9dd24.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, aqsh, yadro quroli
dunyoda, xitoy, aqsh, yadro quroli
AQSh Xitoyni yadroviy tahdid manbai sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda — Xitoy TIV
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi: AQSh gegemonlikni saqlab qolish uchun Pekin tahdidi nazariyasini ilgari surmoqda.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Xitoyni yadroviy tahdid manbai sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda, garchi ularning o‘zlari eng katta xavf tug‘dirsa ham. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi AQSh prezidenti Jo Baydenning ichki xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Elizabet Shervud-Rendallning Xitoy strategik arsenalining kuchayishi fonida tahdidlarni minimallashtirish uchun Pekin bilan aloqalarni davom ettirish zarurligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z arsenallarini kengaytirish va harbiy gegemonlikni saqlab qolish uchun bahona sifatida Xitoyning yadroviy kuchlarini qurish haqidagi bayonotlarga muhtoj.
Diplomat so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlar yadroviy triadani agressiv tarzda modernizatsiya qilganini, Pekin esa o‘z kuchlarini milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan minimal darajada saqlab, muvozanatli va mas’uliyatli pozitsiyani egallaganini eslatdi.
"Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik yadroviy tahdid manbai", deb qo‘shimcha qildi Mao Nin.
U Vashingtonni xavfsizlik siyosatini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va xavflarni kamaytirish hamda global va mintaqaviy tinchlikni saqlash uchun amaliy choralar ko‘rishga chaqirdi.