Yaqin Sharq mintaqasi va Afg‘onistondagi nizolarning yechimi hanuzgacha topilgani yo‘q – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev prodoljili peregovori v rasshirennom sostave s uchastiyem delegatsiy dvux stran.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev prodoljili peregovori v rasshirennom sostave s uchastiyem delegatsiy dvux stran. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitida Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtaldi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Yaqin Sharq mintaqasi va Afg‘onistondagi uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yechimi hanuzgacha topilgani yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammitida ma’lum qildi.
Bugun Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasi va Afg‘onistondagi uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yechimi hanuzgacha topilgani yo‘q.
“Ayniqsa so‘nggi paytlarda barcha davlatlarda o‘sib borayotgan terrorizm va ekstrimizmning xavf-xatarlariga qarshi tashkilot doirasida amaliy aloqalarning kuchaytirish tobora dolzarb tus olayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Shu o‘rinda Afg‘on masalasi bo‘yicha algoritmni kelishish uchun BMT huzurida xalqaro muzokaralar guruhini tuzishga doir O‘zbekiston taklifini qo‘llab-quvvatlaysizlar deb ishonaman”, -deydi prezident.
Esltib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Baku shahrida bo‘lib turibdi. Prezident tashrif dasturiga muvofiq 1-mart kuni Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi. Unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0