Xitoyga tahdid solayotganlarning adekvatligiga shubha qilish kerak – Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del Yegipta Samexom Shukri v Moskve.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del Yegipta Samexom Shukri v Moskve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov: G‘arblik siyosatchilar diplomatiyani chetga surib, faqat shantaj va tahdidlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Buni ularning xatti-harakatlari oshkor qildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Hozirgi sharoitda va Ukrainadagi mojaro fonida Xitoyga tahdid solayotganlarning adekvatligiga shubha qilish kerak, G‘arbning xatti-harakatlari buni ko‘rsatib turibdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Hozir XXR manzili tomon qarshi aytilayotgan tahdidlar – menda bu tahdidlarni aytayotganlarning adekvatligiga shubha bor. Aslini olganda, hech kimga tahdid qilish mumkin emas, ammo zamonaviy sharoitda Xitoyga tahdid qilinishini aqlimga sig‘dirolmayapman”, - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arblik siyosatchilar diplomatiyani chetga surib, faqat shantaj va tahdidlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Buni ularning xatti-harakatlari oshkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat pozitsiyasini e’lon qilgandi. Undan barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurati, Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash, yanada keskinlashuvning oldini olishga chaqirish kabi fikrlar o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0