https://oz.sputniknews.uz/20230302/tibbiyot-xodimining-kasbiy-faoliyatiga-tosqinlik-qilganlik-uchun-javobgarlik-belgilanmoqda-32608959.html
Tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof... 02.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-02T16:15+0500
2023-03-02T16:15+0500
2023-03-02T16:26+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
shifokor
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_26e075a402a53ffebd9de84165774a96.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Bugun Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.Qonun bilan yuqorida qayd etilgan muammolarga yechim topish maqsad qilingan.Bunda ushbu noqonuniy faoliyatni amalga oshirgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi kiritilmoqda.Shuningdek, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish belgilanmoqda.Bundan tashqari, mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish muddati uch sutkani tashkil etishi qayd etilmoqda.Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_66:62:1120:852_1920x0_80_0_0_fa2a9ad3eb80dada22817ebf7467ff71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi, shifokor, o‘zbekiston oliy majlisi senati, senatorlar, qonun
jamiyat, tibbiyot muassasi, shifokor, o‘zbekiston oliy majlisi senati, senatorlar, qonun
Tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
16:15 02.03.2023 (yangilandi: 16:26 02.03.2023) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Bugun Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun
muhokama qilindi. Xususan, so‘nggi vaqtlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari ko‘payib borayotganligi, bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sog‘lig‘i yomonlashishida yoki o‘limida asossiz ravishda ayblash, shuningdek, hech bir sababsiz shifokorlarga va o‘rta tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari yuz berayotganligi qayd etildi.
Qonun bilan yuqorida qayd etilgan muammolarga yechim topish maqsad qilingan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.
Bunda ushbu noqonuniy faoliyatni amalga oshirgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish belgilanmoqda.
Bundan tashqari, mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish muddati uch sutkani tashkil etishi qayd etilmoqda.
Senatorlarning ta’kidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilib, ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini oladi. Shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.