Navro‘z bayramini o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori e’lon qilindi

© AP Photo / Anvar IlyasovNarodnie tansori v natsionalnix kostumax vistupayut vo vremya torjestv po sluchayu prazdnika Navruz v Tashkente, Uzbekistan, vo vtornik, 23-marta 2010 goda.
Narodnie tansori v natsionalnix kostumax vistupayut vo vremya torjestv po sluchayu prazdnika Navruz v Tashkente, Uzbekistan, vo vtornik, 23-marta 2010 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Navro‘z umumxalq bayrami “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. “2023 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.
Ushbu bayramning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishi ta’minlanadi.
Shuningdek:
bayram arafasida umumxalq hasharlari tashkil etiladi;
ko‘makka muhtoj fuqarolarga beg‘araz yordam xayriya tadbirlari o‘tkaziladi;
Toshkentda teatrlashtirilgan konsert tomoshasi o‘tkaziladi;
bayram tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar budjet va homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0