Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 2-martning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUlisi Artemovska i masshtabi boyev za gorod.
Ulisi Artemovska i masshtabi boyev za gorod. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Masutovka va Olshana aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berib, 50 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita avtomobilni yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Krasnoe Pervoe aholi punkti hududida UQKning 14-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Yampolovka, Nevskoe, Chervonopopovka va LXRning Kuzmino aholi punktlari hududida UQKning 160 nafar harbiy xizmatchism, yettita zirhli jangovar mashinasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" kuchlar guruhi faol harakati natijasida UQKnng 270 ga yaqin harbiy xizmatchisi, oltita BMPsi, uchta zirhli jangovar mashinasi, to‘qqizta avtomashina, o‘ziyurar "Gvozdika" artilleriya majmuasi "Msta-B" va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
DXRning Avdeyevka aholi punkti yaqinida UQKning 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi aloqa punkti va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy-Donetsk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Malaya aholi punktlari, Zaporojye viloyatining Tokmachka va Kamenskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 80ga yaqin askari, bitta tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, shuningdek, "Msta-B" va D-30 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida Tokarevka qishlog‘i hududida aviatsiya va artilleriya zarbalari natijasida 80 tagacha harbiy xizmatchi, 30 ta texnika, "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi va 123-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori o‘qqa tutildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya bo‘linmalari Ukraina Qurolli Kuchlarining 195ta hudda joylashgan 89 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Kramatorsk shahri yaqinida Ukrainaning Buk-M1 zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi. Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol shahri hududida S-300 zenit-raketa majmuasining yo‘naltiruvchi radarlari yo‘q qilindi.
Rossiya qiruvchi samolyotlari DXRning Mixaylovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi. Shuningdek, DXRning Kuraxovka qishlog‘i yaqinida Ukrainaning Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti Xerson viloyatining Krinki posolkasi hududida havo mudofaasi yordamida urib tushirildi.
Xarkov viloyatining Chugunovka, DXRning Peski, Yakovlevka, Mineralnoe, Zavitne Bajannya, Xerson viloyatining Golaya Pristan, Kazachiy lager va Zburevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 14 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi va bitta HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizim raketasi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 393ta samolyoti, 212ta vertoloti, 3295 ta uchuvchisiz uchish apparati, 407 ta zenit-raketa tizimi, 8105 ta tanki va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1045 ta ko‘p martalik jangovar texnikasi, 4247 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlari, shuningdek, 8665 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0