Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Erkaklar yurak kasaliga chalinmasligi uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

© PaulaphotoSerdechniy pristup u molodogo mujchini
Serdechniy pristup u molodogo mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Shifokor-nevrolog erkaklarda yurak kasalliklarini oldini olish uchun muhim tavsiyalar berdi
Shifokor – nevrolog Yekaterina Demyanovskayaning aytishicha, erkaklar yurak kasalliklarini oldini olishi uchun ko‘proq piyoda yurishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar uchun ishemik insultga chalinishning o‘rtacha yoshi 63ni , ayollarda esa -69 yoshni tashkil etadi. Masalan, Rossiyada erkaklar ayollarga qaraganda miokard infarktidan to‘qqiz marta ko‘proq, yurak ishemik kasalliklaridan - yetti marta ko‘proq vafot etishmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, bu erkaklarda jismoniy faollikning kamligi, yuqori qon bosimi, semirish, buyrak kasalliklari, yurak yetishmovchiligi va spirtli ichimlik ichish yoki tamaki chekish kabi zararli odatlar bilan bog‘liq. “25-65 yoshdagi har ikkinchi erkakda qon bosimi yuqori, 45-64 yoshda esa har o‘ninchi erkakda stenokardiya kuzatiladi”, - deydi mutaxassis.
Demyanovskayaning aytishicha yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun erkaklar har kuni eng kamida 15 daqiqa piyoda yurishi va sport bilan shug‘ullanishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0