https://oz.sputniknews.uz/20230302/endi-mdh-davlatlarida-mehnat-migrantlari-ijtimoiy-himoya-bilan-taminlanadi-32596576.html
MDH davlatlarida mehnat migrantlari ijtimoiy himoya bilan ta’minlanadi
MDH davlatlarida mehnat migrantlari ijtimoiy himoya bilan ta’minlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqdi. 02.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-02T11:03+0500
2023-03-02T11:03+0500
2023-03-02T11:39+0500
dunyoda
mdh
migrantlar
sug‘urta
yordam
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/56/13385685_0:0:3352:1887_1920x0_80_0_0_6b975d49a9188e7a7d008adb076da7b7.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. MDH davlatlari ekspertlari mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolarini tibbiy sug‘urta qilish bo‘yicha hamkorlik loyihasini kelishib olishdi. Hujjat belgilangan tartibda Ittifoqqa a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi, deya xabar berdi Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Qayd etilishicha, aksariyat mamlakatlarda ishchi kuchining ichki va tashqi harakatini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosati milliy migratsiya qonunchiligi va xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi.MDH platformasi doirasida mehnat muhojirlariga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi va ular faqat favqulodda va shoshilinch tibbiy yordam muammolariga taalluqlidir.Shu bilan birga, mehnat muhojirlari, ayniqsa, malakasizlar ko‘pincha ijtimoiy himoyasi cheklangan, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlardan foydalana olmasdan ishlaydi.Mazkur hujjat O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya vakillari tomonidan ko‘rib chiqilgan va maqullangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/56/13385685_456:0:3187:2048_1920x0_80_0_0_14078d6a34dbb0704ca5e15a43541abc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, mdh, migrantlar, sug‘urta, yordam
dunyoda, mdh, migrantlar, sug‘urta, yordam
MDH davlatlarida mehnat migrantlari ijtimoiy himoya bilan ta’minlanadi
11:03 02.03.2023 (yangilandi: 11:39 02.03.2023) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. MDH davlatlari ekspertlari mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolarini tibbiy sug‘urta qilish bo‘yicha hamkorlik loyihasini kelishib olishdi. Hujjat belgilangan tartibda Ittifoqqa a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi, deya xabar berdi Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, aksariyat mamlakatlarda ishchi kuchining ichki va tashqi harakatini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosati milliy migratsiya qonunchiligi va xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi.
MDH platformasi doirasida mehnat muhojirlariga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi va ular faqat favqulodda va shoshilinch tibbiy yordam muammolariga taalluqlidir.
Shu bilan birga, mehnat muhojirlari, ayniqsa, malakasizlar ko‘pincha ijtimoiy himoyasi cheklangan, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlardan foydalana olmasdan ishlaydi.
Bitim loyihasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga tibbiy sug‘urta asosida mehnat migratsiyasining butun sikli davomida tibbiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya vakillari tomonidan ko‘rib chiqilgan va maqullangan.