https://oz.sputniknews.uz/20230302/endi-ichki-ishlar-xodimlari-har-kuni-maktablar-va-uning-atrofida-navbatchilik-qiladi--iibb-32600539.html
Endi ichki ishlar xodimlari har kuni maktablar va uning atrofida navbatchilik qiladi – IIBB
Endi ichki ishlar xodimlari har kuni maktablar va uning atrofida navbatchilik qiladi – IIBB
Sputnik O‘zbekiston
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIBB tomonidan poytaxtdagi barcha maktablarga ichki ishlar organlari xodimlari biriktirildi. 02.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-02T12:56+0500
2023-03-02T12:56+0500
2023-03-02T12:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
iibb
maktab
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0e/18739338_192:0:1216:576_1920x0_80_0_0_d0be9b8d7e5dd67daebaea9fc9a68de6.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Endi ichki ishlar xodimlari har kuni maktablar va uning atrofida navbatchilik qiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Bosh boshqarma tomonidan poytaxtdagi barcha maktablarga ichki ishlar organlari xodimlari biriktirildi.Ular har kuni ertalab soat 7:00 dan boshlab kun bo‘yi maktablar hududidagi vaziyatni nazorat qiladi.Hozirda maktablar atrofidagi hududda yaxshi yoritilmagan va kimsasiz ko‘chalar aniqlanib, muntazam patrul xizmati tashkil etildi.Kunduzi bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablar atrofidagi ko‘chalarda patrul xizmati xodimlari patrullik qilmoqda.Bundan tashqari, maktablarda ishlaydigan psixolog inspektorlar har bir sinfning ota-onalari bilan bog‘lanish uchun barcha maktab telegram guruhlariga kiritilgan.Tahlillarga ko‘ra, aksariyat hollarda voyaga yetmaganlar oila a’zolari bilan o‘zaro kelishmovchilik va janjal tufayli uylarini tark etgan. Shuningdek, adashgan yosh bolalar qidiruvga berilgani aniqlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0e/18739338_320:0:1088:576_1920x0_80_0_0_41235bb091aecd355d5c0461dc437c84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, iibb, maktab, o‘quvchilar
jamiyat, o‘zbekiston, iibb, maktab, o‘quvchilar
Endi ichki ishlar xodimlari har kuni maktablar va uning atrofida navbatchilik qiladi – IIBB
Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIBB tomonidan poytaxtdagi barcha maktablarga ichki ishlar organlari xodimlari biriktirildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Endi ichki ishlar xodimlari har kuni maktablar va uning atrofida navbatchilik qiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Bosh boshqarma tomonidan poytaxtdagi barcha maktablarga ichki ishlar organlari xodimlari biriktirildi.
Ular har kuni ertalab soat 7:00 dan boshlab kun bo‘yi maktablar hududidagi vaziyatni nazorat qiladi.
Hozirda maktablar atrofidagi hududda yaxshi yoritilmagan va kimsasiz ko‘chalar aniqlanib, muntazam patrul xizmati tashkil etildi.
Kunduzi bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablar atrofidagi ko‘chalarda patrul xizmati xodimlari patrullik qilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarda ishlaydigan psixolog inspektorlar har bir sinfning ota-onalari bilan bog‘lanish uchun barcha maktab telegram guruhlariga kiritilgan.
“So‘nggi 5-yil davomida poytaxtda bolalar o‘g‘irligi bo‘yicha birorta ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan. O‘tgan yil davomida 232 nafar bola qidiruvga berilgan bo‘lib, ularning barchasi qisqa vaqt ichida topilgan”, deydi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Aziz Tashpulatov.
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat hollarda voyaga yetmaganlar oila a’zolari bilan o‘zaro kelishmovchilik va janjal tufayli uylarini tark etgan. Shuningdek, adashgan yosh bolalar qidiruvga berilgani aniqlandi.