“Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni o‘tkaziladi

© Surxondaryo viloyati hokimligi Xalqaro velo va yugurish marafoni
Xalqaro velo va yugurish marafoni  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Marafon soat 8:00 da respublikaning viloyat markazlari va Toshkent shahrining "Humo Arena" muz saroyi binosi oldida start oladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Joriy yil 5-mart kuni respublika miqyosida “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, marafon huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar doirasida o‘tkaziladi.
Velo va piyoda yurish marafonining asosiy shiori – “Xavfsiz hayot uchun”.
Qayd etilishicha, marafonda ishtirokchilarga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi shiorli plakatlar tarqatiladi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun konsert dasturi rejalashtirilgan. Unda marafon faollariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
Marafon soat 8:00 da respublikaning viloyat markazlarida va Toshkent shahrining "Humo Arena" muz saroyi binosi oldida start oladi.
Yangiliklar lentasi
0