https://oz.sputniknews.uz/20230301/tintuv-otkazish-va-yana-bir-necha-vakolatlar-prokurorlardan-sudlarga-otkaziladi-32580926.html
Tintuv o‘tkazish va yana bir necha vakolatlar prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi
Tintuv o‘tkazish va yana bir necha vakolatlar prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qonun “Xabeas korpus” institutini qo‘llash amaliyoti doirasida qabul qilingan bo‘lib, u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi. 01.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-01T16:41+0500
2023-03-01T16:41+0500
2023-03-01T16:41+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983031_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_66c9348be67d297f143b52f6b0e34070.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda so‘z boradi.Prezident farmonida, sud-huquq tizimiga doir yana bir qator o‘zgarishlar nazarda tutilgan, jumladan: Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud eksperti ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lsa, ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.Habeas Korpus Akti (angl. Habeas Corpus Act) - subyekt erkinligini yaxshiroq ta’minlash va qamoqqa olishni oldini olish to‘g‘risidagi qonun. U ilk bor 1679-yilda Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan. Akt jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish qoidalarini belgilab beradi. Gumonlanuvchini sudgacha fuqarolarni ushlab turish va hibsga olishning qonuniyligini nazorat qilish huquqini belgilaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983031_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0cc322e10afd39dfd6d7f4af26dd45ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
Tintuv o‘tkazish va yana bir necha vakolatlar prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi
Yangi qonun “Xabeas korpus” institutini qo‘llash amaliyoti doirasida qabul qilingan bo‘lib, u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda
so‘z boradi. Yangi tartib aks etgan qonuniy hujjatlar belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanganidan kuchga kiradi.
Prezident farmonida, sud-huquq tizimiga doir yana bir qator o‘zgarishlar nazarda tutilgan, jumladan:
jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish;
jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish;
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lish talabini bekor qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud eksperti ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lsa, ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanishi haqida
xabar berilgandi.Habeas Korpus Akti (angl. Habeas Corpus Act) - subyekt erkinligini yaxshiroq ta’minlash va qamoqqa olishni oldini olish to‘g‘risidagi qonun. U ilk bor 1679-yilda Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan. Akt jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish qoidalarini belgilab beradi. Gumonlanuvchini sudgacha fuqarolarni ushlab turish va hibsga olishning qonuniyligini nazorat qilish huquqini belgilaydi.