Rossiya Osiyo shaxmat federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

© Federatsiya shaxmat Rossii FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii
 FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo shaxmat federatsiyasi o‘z tarkibiga Rossiya qo‘shilganini rasman tasdiqladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tgan Osiyo shaxmat federatsiyasi Bosh Assambleya yig‘ilishida Rossiya shaxmat federatsiyasi tashkilotga a’zolikka qabul qilindi. Bu haqda federatsiya xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh Assambleya yig‘ilishida 29 delegat Rossiyani Osiyo shaxmat federatsiyasi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, bir nafari qarshi, yana olti nafar delegat esa betarafligini bildirgan.
© Federatsiya shaxmat Rossii FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii
 FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
"Ovoz berish jarayoni Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan ruxsat berilganidan keyin o‘tkazildi", deyiladi FIDE xabarida.
© Federatsiya shaxmat Rossii FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii
 FShR prinyata v sostav Aziatskoy shaxmatnoy federatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Rossiya shahmat federatsiyasining Osiyo tarkibiga qo‘shilishi rasman tasdiqlangan va bu 1-maydan to‘liq kuchga kiradi. Shu sababli ushbu mamlakat shaxmatchilari 2-mart kuni Serbiyada boshlanayotgan Yevropa chempionatida FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0