O‘zbekistonda tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ma’lumotnomalar berish bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 1-iyuldan, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 1-oktabrdan, respublikaning boshqa hududlarida 2024-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklga o‘tkaziladi.
Xabarga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2023-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi. 2023-yil yakuniga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish ko‘lami 30 ming nafarga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 18-40 yoshli 12,6 million aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0