O‘zbekiston va Rossiya tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ga yetkazadi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovTorgoviy predstavitel Rossii v Respublike Uzbekistan Konstantin Zligostev.
Torgoviy predstavitel Rossii v Respublike Uzbekistan Konstantin Zligostev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2023
Obuna bo‘lish
Savdo vakili Toshkentda boshlangan xalqaro qurilish ko‘rgazmasida “ Made in Russia” stendining ochilishida ishtirok etdi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Joriy yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“Sanoat kooperatsiyasi tovar ayirboshlashimiz o‘sishining garovidir. 2022-yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 9,3 milliard dollarga yetdi. Ikki davlat rahbarlari 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydilar. Ishonchim komilki, bu yilning o‘zida shunday bo‘ladi”, dedi Zligostev.
Savdo vakili Toshkentda boshlangan xalqaro qurilish ko‘rgazmasida “ Made in Russia” stendining ochilishida ishtirok etdi.
“Made in Russia” brendi ostidagi Rossiya milliy ekspozitsiyasi O‘zbekistondagi eng yirik qurilish ko‘rgazmasi UzBuild 2023 da ilk bor namoyish etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0